So’nggi yangiliklar

21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  1 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:2 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Qo'qon-1912" - "Navbahor" 1:2

Teglar :  Qo'qon-1912Navbahor
Bugun Qibrayda "Qo'qon-1912" va "Navbahor" o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yin vakillarimizning hujumi bilan boshlandi. 4- daqiqada Oybek Rustamov mahorat ko'rsatib, uch himoyachini chalg'itib aniq zarba yo'lladi. Namanganliklar posboni Akmal Tursunboev qiyinchilik bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Oradan uch daqiqa o'tib darvozamiz tomon penalti belgilandi. Ro'zimboy Ahmedovning o'n bir mertli nuqtadan bergan zarbasini Aziz Ashurov qaytarishga erishdi.

Oradan yana uch daqiqa o'tib, uchrashuvda hisob ochildi. Burchakdan Jamshid Hasanov to'pni jarima maydoniga etkazdi. Uzoq burchakda turgan  Suhrob Berdiev qiyin vaziyatda, o'tkir burchak ostida darvozani aniq nishonga oldi – 1:0.

Yana uch daqiqadan keyin esa “Navbahor” futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Namanganliklarni o'ng qanotdan uyushtirgan qarshi hujumi gol bilan yakunlandi. Gol muallifi Ravshan Xursanov.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida futbolchilarimizda gol kiritish uchun yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi.  Jamshid Hasanov – Suhrob Berdiev kombinaciyasi Berdievning ajoyib zarbasi bilan yakunlandi. Darvozabondan qaytgan to'pga esa himoyachilar birinchi bo'lib etib kelishdi.

Birinchi bo'lim 1:1 hisobi bilan intiho topdi.

Ikkinchi taymni jamoamiz beshta o'zgarish bilan boshladi. Maydonga Javohir Sidiqov, Bahodir Akramov, Muhammadanas Hasanov, Darko Gojkovich hamda Nikola Valentichlar tushishdi.
Maydonni esa Oybek Rustamov, Ibrohim Rahimov, Sobir Hamidov, Avaz Mamatxo'jaev va SHoxrux Xolmatovlar tark etishdi.

“Navbahor” taym boshida oldinga chiqib olishga erishdi. Alisher Mahmudov namanganliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Goldan keyin katta kuch bilan oldinga tashlangan jamoamiz bir qator vaziyatlarga ega bo'ldi. SHunday hujumlarning birida Suhrob Berdievning zarbasidan so'ng darvoza ustuni, raqiblarimizni goldan saqlab qoldi.

Yana bir qulay imkoniyatdan Andrey Sidorov foydalana olmadi. Ikkinchi bo'lim yakunlanishi arafasida futbolchilarimiz ketma-ket hujum uyushtirishdi. Ammo o'rinishlarning barchasi besamar yakun topdi.

SHu tariqa jamoamizning uchinchi nazorat uchrashuvi mag'lubiyat bilan yakun topdi.



 O'rtoqlik uchrashuvi

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” 1:2 (1:1)

Hakamlar Z
. Qodirov, O. Jumaev, A. Kalinin.

Gollar: Suhrob Berdiev. – Rashvan Xursanov, Alisher Mahmudov.

“Qo'qon-1912”: Aziz Ashurov (Islom Abdullaev), Jalil Kimsanov (Orif Mamajonov), Ibrohim Rahimov (Darko Gojkovich), Akmal Xolmurodov (Iqbol Malikjonov), SHoxrux Xolmatov (Nikola Valentich), Avaz Mamatxo'jaev (Bahodir Akramov), Jamshid Hasanov (Islom Karimov), Sobir Hamidov (Muhammadanas Hasanov), Oybek Rustamov (Javohir Sidiqov), Suhrob Berdiev, Nosir Otaqo'ziev (Andrey Sidorov).

“Navbahor”: Akmal Tursunboev, Abbos Otaxonov, Jahongir Mehmonov, G'iyos Komilov, Hasan Ergashev, Dilshod Jabborov, Azam Aliev, Mirzohid G'ofurov, Islom Isoqjonov, Ro'zimboy Ahmedov, Ravshan Xursanov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Ortiqov, Tohir SHamsitdinov, Alisher Mahmudov, Abduaziz Sultanov, Azizbek Turg'unboev, Alisher Samatov, Alisher Mirzaev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика