So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

O'rtoqlik uchrashuvi. "Nurafshon" - "Dinamo" 0:3 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Nurafshon" - "Dinamo" 0:3

Toshkentdagi so'nggi nazorat uchrashuvini Pro-Liga “V” guruhi peshqadami “Nurafshon” jamoasiga qarshi o'tkazgan “Dinamo” jamoasi bu safar ham yirik hisobda g'alaba qozondi.

“Nurafshon” jamoasi maydonida o'tgan uchrashuvning dastlabki bo'limi ham har qancha hujumkor o'tmasin, tanaffusgacha hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Baratov 53-daqiqada hisobni ochishga erishdi, 0:1.

Goldan ruhlangan “dinamochilar” hujumkorlikni tushirishmadi va 69-daqiqada Jasur Azimov jarima maydoniga yorib kirib, raqib darvozabonini dog'da qoldirdi, 0:2.

Oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas natija yirik ko'rinish oldi. Bu safar Otabek Narzullaev hujumga o'tib, ajoyib goli evaziga hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirdi.

SHu kuni “Nurafshon” safida sobiq “dinamochilar” Farrux SHotursunov va Ruslan Vagapovlar ham maydonga tushishdi.

“Dinamo” yana uch kun davomida Toshkentda so'nggi tayyorgarliklarni o'tkazib, 4 avgust kuni Haqqulobodda “Norin” jamoasiga qarshi Pro-Liga tur bahsida maydonga tushadi.

O'rtoqlik uchrashuvi. Toshkent
31 iyul (seshanba)
«NURAFSHON» - «DINAMO» - 0:3
Gollar
: Sanjar Baratov 53, Jasur Azimov 69, Otabek Narzullaev 73.
«Dinamo»: SHohruh Eshbo'taev, Akmal Xolmurodov, Viktor Grigorev, Avaz Agaliev, Otabek Narzullaev, Jasur Azimov, Damir Temirov, Ilhom Yunusov, Suhrob Izzatov, Abbos Jumaqulov, Pavel Purishkin.
Zaxiradan maydonga tushganlar: SHohruh Raimov, Komil SHarofutdinov, Firdavs Abdusalimov, SHerzod Jalilov, Hakimxon Alamxonov, Daler Almosjonov, Sanjar Baratov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика