So’nggi yangiliklar

14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  0 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  5 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  8 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  5 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0

O'rtoqlik uchrashuvi. Dinamo - Zomin - 3:2 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. Dinamo - Zomin - 3:2

Pro-liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Samarqandning Dinamo jamoasi chempionat starti oldidan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

SHu kuni Pro-liganing yana bir vakili Jahongir Jiyamurodov boshchiligidagi «Zomin» jamoasi «Dinamo» klubi mehmoni bo'ldi.

Uchrashuv o'rtoqlik o'yini maqomida bo'lsa-da, o'yin qiziqarli va jangovar ruhda o'tdi.

17-daqiqada «Dinamo» yarimhimoyachisi SHohrux Abdurahmonov yakkama-yakka vaziyatda chiqib, chiroyli zarba bilan hisobni ochdi – 1:0.

32-daqiqada esa bir daqiqa oldin zaxiradan maydonga tushgan Jonibek Ko'chimov ham darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qolib, vaziyatni tenglashtirdi – 1:1.

55-daqiqada esa mehmonlar standart vaziyatdan keyin SHohjahon Abbosovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi – 1:2.

75-daqiqa esa qanotdan uzatilgan to'pni himoyachi Jasur O'rinov raqib darvozasiga joylab qo'ydi – 2:2

O'yin yakuniga qadar hujumkorlikni tushirmagan «dinamochilar» 90-daqiqada o'z niyatlariga etishishdi. Jamoa sardori Jasur Azimov tomonidan jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan kuchli zarba raqib chiroyli tarzda raqib darvozasining «to'qqizligi»dan o'rin oldi – 3:2.

18 iyun (payshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi.
Samarqand, «Dinamo» stadioni.
«DINAMO» - «ZOMIN» - 3:2
Bosh hakam:
SHerzod Kamarov
Gollar: SHohrux Abdurahmonov 17, Jasur O'rinov 75, Jasur Azimov 90 – Jonibek Ko'chimov 32, SHohjahon Abbosov 55.

Malumot uchun, «Dinamo» jamoasi O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasida 23 iyun kuni Farg'onada «Istiqlol» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика