So’nggi yangiliklar

00:34ЎФА собиқ халқаро бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  0 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  0 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  88 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  4 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  0 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   2 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  13

O'rtoqlik uchrashuvi. “Bunyodkor” - "CHonbuk Motors" 5:5 Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. “Bunyodkor” - "CHonbuk Motors" 5:5

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAA yig'ini doirasidagi beshinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

“Qaldirg'ochlar”ning bugungi sparring raqibi Januyuiy Koreyaning amaldagi chempioni “CHonbuk Motors” klubi bo'ldi.

Uchrashuv hujumkor ruhda boshlandi. Har ikkala jamoa azolari dastlabki daqiqalardan boshlab, chiroyli va kombinacion o'yin ko'rsatishga intilishdi. Darvozalar oldida qator xavfli hujumlar tashkil etildi. Lekin markaziy himoyachilar va darvozabonlarning aniq harakatlari evaziga hujumlar bartaraf etilib turildi. Bo'lim oxirlariga kelib uchrashuvdagi gollar shousi boshlandi.

40-daqiqada “CHonbuk Motors” vakillari hisobni ochishdi. Lekin oradan hech qancha vaqt o'tmasdan Akmal SHorahmedovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng belgilangan penaltidan Dostonbek Hamdamov hisobni tenglashtirdi. Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'lim startida ketma-ket to'rtta gol kiritildi. Eldor SHomurodov va Akramjon Komilovning gollariga koreyslar tezlik bilan javob qaytarishdi va hisob 3:3ga etdi.

Ikkinchi bo'lim o'rtalarida “CHonbuk Motors” futbolchisi burchak zarbasidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq bu xursandchilik uzoqqa cho'zilmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Qodirqulov 77-daqiqada chamasi 22 metrlardan to'pga kuchli zarba berib, darvozani nishonga oldi – 4:4.

O'yin yakunlanishi arafasida Janubiy Koreyaning amaldagi chempioni darvozamizga beshinchi to'pni kiritib, oldinga o'tib oldi. Bu safar ham vakillarimiz javob to'pini juda tezlik bilan kiritishdi. Javlon Ibrohimov va Sanjar Qodirqulovning chiroyli kombinaciyasidan so'ng SHahzodbek Nurmatov qulay vaziyatga chiqarildi. Deyarli birga-bir vaziyatdan Nurmatov unumli foydalanib, yakuniy natija 5:5 bo'lishini taminladi.

SHu tariqa, “Bunyodkor” BAAdagi beshinchi nazorat uchrashuvida Janubiy Koreyaning amaldagi chempioni “CHonbuk Motors” bilan jangavor 5:5 hisobidagi jangavor durang qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, bungacha “qaldirg'ochlar” BAA yig'ini doirasida “Anji” (3:2), “Amkar” (1:1), “Lokomotiv” Moskva (0:3) va “Xenan Jiane” (3:1) jamoalari bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishgan edi.

Nazorat uchrashuvi
“BUNYODKOR” – “CHONBUK MOTORS” (Janubiy Koreya) 5:5 (1:1)
Gollar: 40 (0:1), Dostonbek Hamdamov 42 penalti (1:1), Eldor SHomurodov 52 (2:1), 57 (2:2), Akramjon Komilov 62 (3:2), 64 (3:3), 75 (3:4), Sanjar Qodirqulov 77 (4:4), 86 (4:5), SHahzodbek Nurmatov 88 (5:5)
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Akmal SHorahmedov (S), Rustamjon Ashurmatov, Javlon Mirabdullaev, Akramjon Komilov, Minori Sato, Otabek SHukrov, Bahodir Nasimov, Zabihillo O'rinboev, Dostonbek Hamdamov, Eldor SHomurodov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshodbek Ahmadaliev, SHahzodbek Nurmatov, Sanjar Qodirqulov, Sardor Sobirxo'jaev, Javlon Ibroximov, Dilshod Jo'raev
27.01.2016. Dubay. “The Sevens” stadioni.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика