So’nggi yangiliklar

22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  1 21:56Ислом Исмоилов: "Провакацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  24 21:39U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия ва Буркина Фасо чорак финалга чиқди. Бразилия ирода кўрсатиб, Францияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  2 21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  229 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  3 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  26 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  403 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  41 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2

O'zbekiston va Mali olimpiyachilari o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik o'yinida kuchlar teng keldi Yangiliklar

O'zbekiston va Mali olimpiyachilari o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik o'yinida kuchlar teng keldi

Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi Mali U-23 termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

O'zbekiston U-23 — Mali U-23 1:1

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Akobirxo'ja SHukrullaev.

Gol: 1:0 — 23, Alisher Odilov (Otabek Jo'raqo'ziev), 1:1 — 62, Traore Bubakar.

O'zbekiston (birinchi bo'lim) — 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10.Jasurbek Jaloliddinov (s), 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 15.Umarali Rahmonaliev, 18.Alibek Davronov. 19.Husayn Norchaev, 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo'riev.

Ikkinchi bo'lim: 21.Hamidullo Abdunabiev, 3.Zafarmurod Abdirahmatov (24.SHerzod Esanov, 70), 4.Odilbek Abdumajidov (26.Islombek Mamatkazin, 74), 7.Behruz Asqarov, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 13.Ahmadullo Muqumjonov, 14.Farhod Sohibjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Murod Rahmatov, 20.Ruslan Jiyanov.

Zaxira: 1.Otabek Boymurodov, 25.SHaxzod Toirov.

Mali U-23: 1.Umar Kulibali, 2.Fod Dukure, 3.Diallo Hamidu, 4.Tunkara Mamadu, 6.Sako Koli, (7.Diarra Timoko, 48), 8.Traore Bubakar, 10.Mamadu Sangare (18.Diakit Musa, 79), 12.Yusuf Bemba (19.Muhammadu Lamin, 79), 17.Ahmad Diomande, 20.Samak Uilson (11.Yusuf Maiga, 60), 21.Traore Fily (14.Mahamadu Diarra, 60)

Zaxira: 1.Diarra Hasan, 5.Sisse Ibrohim, 9.Dumbiya CHikna, 13.Diarra Brahima, 22.Muhammad Larabi, 24.Sidiki Kulibali.

Ogohlantirish: Mamadu Sangare (6), Otabek Jo'raqo'ziev (38), Umarali Rahmonaliev (42), Yusuf Bemba (45), Ahmad Diomande (76)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zbekistonlik futbolchi raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

85. Bubakarning yana bir kuchli zarbasiga bu safar aniqlik etishmadi.

84. Maydon markazida Musa yiqitildi.

79. Malida ikkita o'zgarish sodir bo'ldi.

76. Ahmad Diomande ogohlantirildi.

74. O'zbekiston terma jamoasi safida o'zgarish sodir bo'ldi.

72. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan katta tezlikda oldinga borgan malilik futbolchining pasidan so'ng Sangare yaqin masofadan yuqoriga zarba yo'lladi.

70. Majburiy o'zgarish: Esanov Abdurahmatov o'rniga maydonga tushirildi.

62. GOL! Traore Bubakar o'ng oyoqda uzoq masofadan aniq zarba yo'llab, hisobni tenglashtirdi.

58. Zarba! O'zbekiston terma jamoasi futbolchilarining xatosidan so'ng jarima maydoni yaqinidan Sangare xavfli zarba yo'lladi, yaxshiyamki, uning urinishiga aniqlik etishmadi.

56. Zarba! Jiyanovning pasidan so'ng Hoshimov raqib jarima maydoni ichida kuchli, ammo noaniq zarba yo'lladi.


53. Timokoning zarbasi Abdunabievning qo'llariga borib tushdi.

48. Diomandening zarbasi noaniq ko'rinish oldi. 

Ikkinchi bo'limda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi butkul yangi tarkibda harakat qiladi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45. Yusuf Bemba Rahmonalievga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

43. Zarba! Odilov raqib jarima maydoniga kirib bordi va chap oyoqda zarba yo'lladi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

42. Rahmonaliev maydon markazida xatoga yo'l qo'ydi va uni to'g'rilash uchun qo'pollik ishlatishga majbul bo'ldi. Oqibatda sariq kartochka bilan jazolandi.

38. Jo'raqo'ziev maydon markazida Diomandega nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirldi.

37. Jaloliddinovning burchakdan uzatgani to'pini malilik darvozabon ushlab oldi.

35. Sangarenig zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

33. Yo'ldoshev raqib futbolchisi bilan to'qnashuvda jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

30. Zarba! Jaloliddinovning jarimadan uzatgan to'piga Jo'raqo'ziev bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.

28. Traore Filyning raqib jarima maydonida bosh bilan yo'llagan zarbasi xavfli ko'rinish oldi.

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Odilov kombinaciya natijasida qanotdan Jo'raqo'ziev tomonidan uzatilgan to'pni bo'sh darvozaga qiyinchiliksiz joylab, hisobni ochdi! Dastlab hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi, ammo VAR bilan suhbatdan so'ng qarorini o'zgartirdi.


22. Zarba! Norchaev raqib jarima maydonida Jo'raqo'zievning uzatmasini darvozaga aniq yo'llay olmadi.

21. O'zbekistonga hujum bilan javob qaytardi. Jaloliddinov tomonidan chap qanotdan uzatilgan to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi. 

20. Mali qarshi hujumga o'tdi, Nazarov oldinga chiqib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

18. Zarba! Sangarening chap oyoqda to'xtatmasdan yo'llangan zarbasini Nazarov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

12. Malilik futbolchi Diomande O'zbekiston jarima maydoni yaqinida yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmaganini takidladi.

9. Xavfli vaziyat! Jo'raqo'zievning ajoyib pasidan so'ng Jaloliddinov 11 metrlar masofadan raqib darvozasiga aniq zarba yo'llay olmadi.

6. Maydon markazida Yo'ldoshevga nisbatan qo'pol o'ynagan Sangare ogohlantirildi.

5. Dastlabki daqiqalarda mehmonlar to'pni nazorat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi. O'zbekiston futbolchilari ko'k, Mali o'yinchilari oq rangli libosda harakat qiladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика