So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  1 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

“Orol” XX asrda Birinchi ligada qanday ishtirok etgan? Yangiliklar

“Orol” XX asrda Birinchi ligada qanday ishtirok etgan?

Teglar :  OrolFurqat Yusupov
Nukusning “Orol” jamoasi XX asrda Birinchi ligada qanday ishtirok etgan? Quyidagi maqolada aynan shu haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

1995 yili
“Janub” zonasi. 24 o'yin. 8 g'alaba, 4 durang, 12 mag'lubiyat. To'plar nisbati 26:48. 28 ochko. 10-o'rin

“Orol” jamoasi 1994 yili Oliy ligadan tushib ketgan edi. Kelasi mavsumni Birinchi ligada boshlagan nukusliklar juda ham muvaffaqiyatsiz ishtirok etishdi. Janub zonasida 13 jamoa orasida klub 10-o'rinni egallash bilan cheklandi.
13-26 o'rinlar uchun. 26 o'yin. 12 g'alaba, 2 durang, 12 mag'lubiyat. To'plar nisbati 21:35. 38 ochko. 21-o'rin
Ligada qolish uchun kurashgan Nukus jamoasi yakunda 26 ta jamoa orasida 21-o'rin bilan cheklanishga majbur bo'ldi va keyingi mavsumni ham Birinchi ligada o'tkazadigan bo'ldi.

1996 yili
52 o'yin. 19 g'alaba, 7 durang, 26 mag'lubiyat. To'plar nisbati 64:90. 64 ochko. 21-o'rin
“Orol” 1996 yili Birinchi ligada zo'rg'a jon saqlab qolishga erishdi. 27 ta jamoa ishtirok etgan ligada klub 21-o'rinni egalladi. 22-27 o'rin egalari esa Birinchi liga bilan xayrlashishdi. Nukusliklar ikkinchi mavsumni ham juda muvaffaqiyatsiz yakunladilar.

1997 yili
42 o'yin. 19 g'alaba, 5 durang, 18 mag'lubiyat. To'plar nisbati 69:75. 64 ochko. 12-o'rin
1997 yilda “Orol” oldingilarga qaraganda yaxshiroq bo'lgan mavsumni o'tkazdi. Nukusliklar o'tgan mavsumdagidek 64 ochko to'plashdi. Biroq bu ochkolar uchun jamoa 10 ta kam o'yin o'tkazdi va eng muhimi bu safar 12-o'rinni egalladi.

1998 yili.
38 o'yin. 12 g'alaba, 2 durang, 24 mag'lubiyat. To'plar nisbati 41:88. 38 ochko. 16-o'rin
Keyingi mavsumda nukusliklar yana autsayderlar qatoridan joy olishdi. 20 ta jamoa ishtirok etgan musobaqada klub 16-o'rinni egallab, zo'rg'a ligada jon saqlab qoldi. O'sha mavsum yakuniga ko'ra 17-20 o'rin egalari yanada quyi ligaga tushib ketishgan edi.

1999 yili
34 o'yin. 13 g'alaba, 5 durang, 16 mag'lubiyat. To'plar nisbati 45:49. 44 ochko. 11-o'rin
18 jamoa ishtirok etgan mavsumda “Orol” Birinchi ligadagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Klub o'sha mavsum yakuniga ko'ra 11-o'rinni egallab, o'z natijasini yaxshilab olgan edi. Jamoa bu ko'rsatkichi bilan kelasi mavsumda ham Birinchi ligada ishtirok etishi kerak edi. Biroq 2000 yilda har bir viloyat (hudud)dan bitta jamoa Oliy ligada ishtirok etishi bois, “Orol” jamoasi ham o'z nomini “Turon” deya o'zgartirib yuqori ligada ishtirok etgan edi.


Furqat Yusupov


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика