So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  56 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

“Orol” safarda “Xorazm”dan mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

“Orol” safarda “Xorazm”dan mag'lubiyatga uchradi

Mubolag'a emas, Urganch va Nukus shahri jamoalari o'rtasidagi o'yin doimo qiziqarli va keskin kurashlar ostida o'tadi.
Buni o'ziga xos “derbi” deb atash mumkin. Ushbu jamoalarning bu galgi uchrashuvi ham yuqori saviyada o'tdi.
  
Umuman olganda, bundan bir necha kun oldin bo'lib o'tgan 1-turda nukusliklar “Alanga” jamoasi ustidan juda yirik, 9:0 hisobida g'alaba qozonib, shov-shuvga sabab bo'lgandi. Bu “Orol”ning joriy yilgi mavsumda niyatlari jiddiy ekanligidan dalolat edi, go'yo. Biroq, jamoaning safardagi ilk uchrashuvi ushbu fikr-mulohazani chippakka chiqardi.
  
To'g'ri, bellashuvning dastlabki daqiqalarida mehmonlar ustunlikni o'z qo'llariga olishga urinib ko'rishdi. Biroq, urganchlik futbolchilar bunga yo'l qo'yishmadi. Bo'lim o'rtalariga kelib mezbonlar maydondagi ustunlikga ega bo'lishdi. Ilk xavfli hujum ham Vali Sultonov shogirdlari tomonidan amalga oshirilib, to'p darvozaga kiritilishi bilan yakun topdi. 25-daqiqada SHahzod Mannonovning nukusliklar jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini Nihomjon Norov boshi bilan Ulug'bek Yangiboev qo'riqlayotgan darvoza to'riga yo'lladi. Bir daqiqa o'tar-o'tmas SHahzodning jarima zarbasini esa darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi. Uchrashuvning 30-daqiqasi mezbonlar uchun yana omadli keldi. Temur Ismoilov ikkinchi to'pni nukusliklar darvozasiga yo'lladi. Albatta, o'yinning bunday tus olishini mehmonlar kutishmagandi. SHu jihatdan, ular vaziyatni o'zgartirish maqsadida qator qarshi hujum uyushtirishga erishishdi. O'z navbatida Javlon Pirimbetov, Navro'z Xaipovlar to'p kiritish imkoniyatidan unumli foydalana bilishmadi. Ochig'i, urganchliklar darvozaboni G'ayrat O'daevning mahorati  bunga yo'l qo'ymadi.
  
Ikkinchi bo'lim ham hujumkor ruhda o'tishi bilan birinchisidan qolishmadi. Jamoalar qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. SHunga qaramay, mehmonlar ham, mezbonlar ham hisobni  boshqa o'zgartira bilishmadi. SHu tariqa, “Orol” futbolchilari uylariga mag'lubiyat alamida yo'l olishdi.
  
Vali SULTONOV (“Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi):  - Bu uchrashuv hujumkor  tarzda kechdi. SHogirdlarim ko'rsatmalarimga to'liq rioya qilgan holda harakat qilishdi. Asosiysi, mehmonlarning o'yin uslubini izchil o'rganganimiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rganimiz tufayli muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Muxlislarimizga chiroyli g'alabani tuhfa etganimizdan juda xursandmiz.

“Xorazm” (Urganch) – “Orol” (Nukus) – 2:0 (2:0). Yangibozor tumani markaziy o'yingohi.
Hakamlar:
I. Gormashev (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), Z. Eshboev (Qarshi), A. Alimov (Urganch).
“Xorazm” :  G'. O'daev, SH. Mannonov, A. Husinov, J. Otajonov, T. Ismoilov, M. Abdullaev, M. Quronboev (M. Qudratov, 86), R. Bayramov (S. Jumaniyozov, 46), N. Norov (J. Egamov, 82), I. Xayrov (T. Bekchanov, 62), M. Quryozov (X. Quryozov, 88).
“Orol” : U. Yangiboev, E. Seytnazarov (N. Talasboev, 57), J. Pirimbetov, A. Reimov, M. Qarliboev(SH. Quttiboev, 71), D. Nizanov, N. Xaipov(A. Ro'zimov, 55), M. Abdumuratov, M. Avezniyozov I. Seytnazarov, A. Ilyosov(SH. Karimboev, 84).
To'plarni N. Norov (25), T. Ismoilov (30) kiritishdi.
Ogohlantirishlar: J. Otajonov (35), T. Ismoilov (76), S. Jumaniyozov(85) – I. Seytnazarov(15), M. Abdumuratov(29), M. Avezniyazov(32), D. Nizanov(70).
Nazoratchi: M SHaripov (Buxoro).


   
Ikrom XUDOYBERGANOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика