So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  5 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  16 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

Orifxo'ja Abduholiqov: "Maydon biroz kichikroq edi" Yangiliklar

Orifxo'ja Abduholiqov: "Maydon biroz kichikroq edi"

O'zbekiston Pro-ligasi 7-turi doirasida "Xotira-79" - "Nurafshon-Inter" (0:2) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin, bahsdagi ilk gol muallifi Orifxo'ja Abduholiqov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun juda qiyin o'yin bo'ldi. Maydon biroz kichikroq edi. SHu boisdan erdan to'p oshirishlarni amalga oshirishga qiynaldik va havolatib to'p oshirishlariga ko'proq etibor bera boshladik. Bunday maydonda chiroyli o'yin ko'rsatib bo'lmasdi. Ustozimiz Vohid Xolboev bizga to'g'ri, aniq ko'rsatmalar berdi. SHu orqali g'alabaga erishdik.

Hakamlik? Ular yaxshi ishlashdi. Albatta, har doim mehmon jamoaga kichik bosim bo'ladi. Biroq bundan hafa emasmiz. Qizil kartochka ko'rsatishdimi, demak ular haq. Biz hakamlarning ishini baholamaymiz.

Oleg Tyulkin jamoaga kelganidan keyin murabbiylar shtabi yanada kuchaydi. U va bosh murabbiyimiz to'g'ri qarorlari sababli g'alabalar qozonyapmiz.

Pro-liga yoki birinchi ligada uchinchi mavsumimni o'tkazyapman. O'tgan yillarga qaraganda ligada o'sish bor. Tashkilotchilik saviyasi ham oshgan. Ijobiy jihatlar anchagina ko'paygan. Agarda shu ketishda bo'lsa, Pro-liga saviyasi oshadi.

Yangi jamoa bo'lsak-da, maqsadlarimiz yuqori. Avvaliga "A" guruhiga chiqishni o'ylayapmiz. Agarda nasib qilsa, jamoa bilan Superligada o'ynash niyatimiz ham yo'q emas. Jamoa kuchli, bunga qurbimiz etsa kerak", - dedi Abduholiqov.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика