So’nggi yangiliklar

16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  1 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  2 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   5 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  26 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6

Oradan 12 yil o'tib, Marek Gamshik "Napoli"ni tark etmoqda Yangiliklar

Oradan 12 yil o'tib, Marek Gamshik "Napoli"ni tark etmoqda

Gamshik deymizu, xayolimizga "Napoli" yoki "Irokez" keladi.

Yoki sizda shunday bo'lmaydimi? Marek italiyalik bo'lmasa-da, klub tarixida yorqin iz qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Uni hali uzoq vaqt sog'inib, undanda ko'proq vaqt eslab yurishadi.

Goldan so'ng sochimni to'g'rilash — odat bo'lib qolgan. Men nima qilayotganimni o'ylab o'tirmayman, hammasi o'z-o'zidan amalga oshadi. Lekin bazan buni atayin qilishim ham bor gap. Unda men sartaroshimga "salom yo'llayman". U ko'pincha klub bazasiga o'yin kuni ham kelib ketadi.

Hammasi "Palermo"ga qarshi bahsda boshlangan. O'shanda men bosh bilan gol urgandim. Bu "Napoli" tarkibidagi ettinchi golim va eng esda qolarlilaridan biri edi.

2008 yil. Jamoa murabbiyi Edoardo Reya edi. Biz yomon o'ynagandik. "Palermo" o'yinchilari ancha kuchli, tinmay gol urishga harakat qilayotgan edi, ammo har safar nimadir etishmasdi. Qo'shimcha vaqt, hisob ochilmaydigandek ko'rindi. Biroq kutilmaganda Lavessi menga ajoyib imkoniyat berdi. Himoyachidan qochishga muvaffaq bo'ldim, ko'zlarimni yumdim va bosh bilan zarba berdim. Gol, hal qiluvchi gol va kutilmagan g'alaba. SHundan so'ng har gol urganimda sochlarimni silab, to'g'rilab qo'yish odat tusiga aylandi.

"Irokez"ni ilk bor Neapolda qildirgandim va bu tasodifan bo'lgan. "Napoli" yoshlar jamoasida to'p tepadigan do'stim Byadjo Del Judiche meni barber Rino bilan tanishtirib qo'ydi. Bir kuni uning yoniga bordim, ammo sochimni aynan qanday turmakda oldirishni bilmasdim. SHunda Rino menga qarab, o'zgarish vaqti kelganini aytdi. Lekin shunda ham jiddiy o'zgarish qilish niyatim yo'q edi. Sochlarimni o'rtaga yig'ib, tepaga ko'tarib yurish menga avvaldan yoqardi. Bu unchalik qiyin ham emas. SHunchaki biroz gel bo'lsa bo'lgani.

O'shanda Rino yon tarafdagi sochlarni olib tashladi, tepa sochni esa yanada sezilarli qilib qo'ydi. "Irokez" darhol menga omad olib kela boshladi.

Yoshligimda sochimni kalta oldirib yurardim. Onamning aytishicha sochlarim juda "qaysar" ekan. Agar ularni tez-tez oldirib, kaltaroq qilib yurmasam, odam sochiga shhxshamaydigan ko'rinish bo'lib ketar ekan. Men sodda va aqlli yigit bo'lganman – doim ota-onamning aytganini qilardim. Lekin vaqt o'tib, oddiy soch turmagi menga yoqmay qoldi. SHunda sochlarimga etibor bera boshladim. Italiyaga kelganimda sochim biroz sariq edi. Turmush o'rtog'im tavsiyasi bilan esa chub (turmak nomi) qildirdim. SHundan so'ng soch turmagimni o'zgartirmadim.  

Faqat ikki marotaba istisno holat bo'lgan.

2011/12 yilgi mavsum. "Yuventus" ustidan g'alaba qozonib, Italiya Kubogini qo'lga kiritgan edik. Men bergan vadamning ustidan chiqtim va sochimni kalga oldirdim. Lekin o'shanda sochlarimni Rino emas, Lavessi "kal" qilib olib tashalagandi. Bu menga butkul yarashmagan, ayolim shokka tushib qolgandi. Lekin qilgan ishim shunga arzirdi-da – "Napoli" 17 yil deganda mukofotni qo'lga kiritgandi.

Ikkinchisi, 2014 yilda biz yana bir Kubokda zafar quchdik. O'shanda sochlarimni havorangga bo'yagandim. Bu sevimli klubimga bo'lgan muhabbatimning yana bir isboti edi".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика