So’nggi yangiliklar

11:30"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер ойнасидаги мақсади маълум  1 10:52Анчелотти ўз антирекордини янгилади  8 10:43"Қўқон-1912" 27 йилдан сўнг бундай натижани қайд этди   1 10:23Кечаги учрашув якунидан сўнг «Реал»нинг яна икки футболчиси қизил карточка олди  25 10:08Иван Бошкович: «Жуда муҳим уч очкони қўлга киритдик»  1 09:52Анчелотти кечаги аламли мағлубиятдан сўнг нималар деди?  7 09:44Флик "Реал" устидан қўлга киритилган ғалабадан сўнг нима деди?   13 09:16Суперлига. Бугун "Пахтакор" - "Шўртан" ва яна 2 та ўйин бор   3 08:20Суперлига. "Қўқон-1912" ва "Сўғдиёна" биттадан гол уриб ғалабага эришди, "Машъал" — "Сурхон" учрашувида эса мухлислар гол кўришмади  0 07:55Испания Кубоги финал. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  9 04:25Александр Хомяков: "Аламли мағлубиятни қабул қилиб олдик"  14 04:06Февзи Давлетов: "12 та бурчак зарбаси ижро этди, 20 га яқин зарбалар бердик, аммо вазиятдан фойдаланиш борасида оқсадик"  1 03:45"Барселона" финалдаги супер ўйинда "Реал"ни камбэк эвазига мағлуб қилди!  347 03:22Асрор Алиқулов: "Рақиб ҳимояланишимизга мажбур қилди"  0 03:05Баҳром Ҳайдаров: "Бизга натижа чиройли ўйиндан кўра муҳимроқ эди”  0

"Oq-tepa" sardori Jamshid Yusupov: "Klub prezidenti oldimizga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan" Yangiliklar

"Oq-tepa" sardori Jamshid Yusupov: "Klub prezidenti oldimizga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan"

Toshkentning "Oq-tepa" jamoasi Samarqanda "Dinamo" mehmoni bo'ldi va ortga 4:3 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi.

O'zbekiston kubogidan o'rin olgan "Dinamo" va "Oq-tepa" uchrashuvidan keyin mehmonlar sardori Jamshid Yusupov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ruhan va jismonan har tomonlama hozirlik olib borgandik. Birinchi bo'limda 2:0 hisobida g'alaba qozonayotganimizda ham ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Tanaffusda murabbiyimiz yanada aniqroq o'ynashimizni aytdi. Uchinchi golni urganimizdan keyin bollarni ishtiyoqi so'nganidanmi yoki xotirjamlikka berilganidanmi darvozamizdan gol olib chiqdik. 4:1 dan keyin esa yana o'yinni tashab qo'ydik. Oxirgi daqiqalarda "Dinamo" uchta himoyachi bilan harakat qilib bosimni oshirdi va to'rtta hujumchi bilan harakat qildi. Zahiradan maydonga tushgan futbolchilar bizga biroz yordam bermadi. Keyingi uchrashuvlaga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib boshidan noldan o'yinimizni qurishga harakat qilamiz. 

Maqsadimiz qanday? Mavsum boshida tayyorgarlik rejadagidek ketayotgandi. Karantin boshlangach uyda individual tarzda shug'ullandik. Klub prezidenti oldimizga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan",- dedi Jamshid Yusupov.


Furqat Po'latov yozib oldi 




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика