So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Ulug'bek Bakaev: "Bunyodkor" tartibli o'yin namoyish etdi, biz esa gol ura olmadik" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Bunyodkor" tartibli o'yin namoyish etdi, biz esa gol ura olmadik"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Buxoro" (1:0) bahsidan so'ng buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo'limda va tanaffusdan so'ng ham bir qancha imkoniyatlarimiz bo'ldi. Yakunda birinchi o'yindagi scenariy takrorlandi, yana oxirida gol o'tkazdik. Nima sababdan ekanligini bilmayman. O'yin so'ngida bir vaziyatdagina etiborni yuqotdik va gol o'tkazib yubordik. Biz taxminan 45 daqiqa, balki undan ham ko'proq vaqt bir kishi ko'p bo'lib o'ynadik. "Bunyodkor" o'n kishi bo'lib o'ynadi. Bunday holatda yutqazish og'ir. "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Endi chempionat o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak" - deya fikr bildirdi Ulug'bek Bakaev uchrashuv yakunlangach.

- Jamoangiz bir taym davomida ko'pchilik bo'lib o'ynadi. Shu sababli ikkinchi bo'limda jamoangiz agressivroq o'yin etishini kutgan edim, lekin bunday bo'lmadi? "Buxoro" yanada hujumkor o'yin namoyish etishiga nima to'sqinlik qildi?

- Agar futbolchilar shu darajada o'ynasa, bu ularning haqiqiy darajasi. Shuning uchun ular maydonda qanday o'ynayotganini o'ylab ko'rishlari kerak. Raqibga emas, o'z o'yinlari sifatiga etibor berishlari lozim. Futbolchilarim etarlicha vaziyatlar bo'lishiga qaramay, raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi. Bu futbolchining texnikasidan dalolat. Hujum to'pga intilmasa, u men uchun yaxshi hujumchi emas. Men bu haqda kiyinish xonasida ham gapirdim. Maydondagi futbolchilar raqib darvozasiga xavf tug'dira olishmadimi? Demak, bu futbolchilarning qanday darajada ekanligiga isbot. Bu masalada to'xtovsiz gapirish mumkin. Hech kimni ayblamayman, sababi jamoa mag'lub bo'ldi. Ketma-ket ikkinchi marotaba bir jamoadan mag'lub bo'ldik. Xatolar ham o'sha-o'sha. "Bunyodkor" tartibli o'yin namoyish etdi, biz esa gol ura olmadik.

- So'nggi daqiqalarda Bilol Tupliev burchak zarbasini amalga oshirishga shoshayotgan edi. Siz esa futbolchiga to'xta, biroz dam ol dedingiz. Ikkinchi vaziyatda esa Mahmud Jo'raboev to'pni tezroq o'yinga kiritish uchun olib kelayotganda uni to'xtatdingiz. Siz bugun tavakkal qilmaslikni rejalashtirgandingizmi?

- Yo'q, vaziyat shunday qaror qabul qilishga majbur qilayotgandi. Biz raqib o'n kishi bo'lib o'ynashini yoki to'p darvozaga kirmasligini o'ylamaymiz. Futbolda teskari holat ham bor - bu jazolash. Raqib tezda jazolab qo'yishi mumkin. Bilolning yuragi meyoridan tez urayotgan edi. Buni datchiklar orqali ko'rdik va men unga biroz nafas rostlab olishi kerakligini aytdim. Qisqa vaqt ichida u o'ziga kelib olishi kerak edi.

Mahmudga kelsak, u yugurib borib to'pni olib kelib beryapti. U futbolchi, yordamchi emas, yoki to'p olib kelib beruvchi bolakay emas. Futbolchi o'zini hurmat qilishi kerak. Jamoa yutqazmayapti, hisob 0-0 edi. Durang natijasi ikki jamoa uchun ham qoniqarli hisob edi. Mag'lubiyatdan keyin bir ochko olish jamoaga ruhiy, psixologik va o'yin jihatidan ijobiy tasir o'tkazgan bo'lar edi. Bu holatlar shaxsan men uchun jiddiy qoidabuzarlikdir. U to'pni nima uchun olib kelyapti? Undan buni kimdir so'radimi? To'p uzatadigan bolalar bor.

- So'nggi ikki uchrashuvda "Buxoro" yomon o'ynamadi va kerak bo'lsa "Bunyodkor"dan ustun bo'ldi ham, ammo ikkala bahsda ham mag'lub bo'ldi. Ushbu mag'lubiyatlarga qanday tushuntirish bera olasiz? Masalan, omad kelmagani yoki so'nggi daqiqadagi gol o'tkazib yuborilgani uchun ham qandaydir sabab bo'lishi kerak-ku?

- Futbolda mahorat bor, mahoratsizlik bor. Agar o'yinchi gol ura olsa, u gol uradi. To'pni uzatish yoki hujum qilish - nima bo'lishidan qati nazar. Har kim maydonda o'z vazifasini bajaradi. Agar hujumchi gol urishni bilmasa, demak u gol ura olmaydi. Mening fikrimcha, bu omad yoki omadsizlik emas, bu qobiliyat yoki qobiliyatsizlikdir. Bularning barchasi ayni damda jamoada yig'ilgan futbolchilarning darajasini ko'rsatadi.

- Otabek Boymurodov bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Ko'pgina jamoalarda asosiy darvozabon chempionat o'yinlarida o'ynasa, ikkinchi darvozabon Kubok bahslarida o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. Jamoangiz ham shunday yo'l tutmoqdami?

- Darvozabonlar masalasiga aralashmayman. Darvozabonlar murabbiyimiz bor. U menga kim o'ynashi kerakligini aytadi va hech kim uning qarorini muhokama qilmaydi.

- "Buxoro"ning Kubok bahslaridagi maqsadi qanday?

- Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish. To'g'ri, bugun mag'lub bo'ldik, ammo oldinda ikkita uchrashuv bor. Guruhdan chiqib olganimizdan so'ng keyingi maqsadlarimizga o'tishimiz mumkin.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика