Eshpiritu Santu ushbu mavsumda 3-marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
04 apr 19:30
Yangiliklar
Eshpiritu Santu ushbu mavsumda 3-marta APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
"Nottingem Forest" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Premer-liganing mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.
Portugaliyalik mutaxassis uchun bu sovrin faoliyatidagi ettinchi, joriy mavsumdagi uchinchisi edi.
O'tgan oyda "o'rmonchilar" har ikki o'yinda g'alaba qozondi – jamoa o'z uyida "Manchester Siti" ni (1:0) va mehmonda "Ipsvich"ni (4:2) mag'lub etdi. "Nottingem Forest" 30 turdan keyin 57 ochko bilan APLda 3-o'rinda bormoqda.

Portugaliyalik murabbiy sovrinlari soni bo'yicha Mikel Arteta va Rafael Benites bilan tenglashib oldi.
Avvalroq mart oyining eng yaxshi futbolchisi ham aniqlangan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar