So’nggi yangiliklar

20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  1 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  85 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  24 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  7

"Oq-tepa": "Istiqlol" ustidan yirik g'alabani qo'lga kiritdik Yangiliklar

"Oq-tepa": "Istiqlol" ustidan yirik g'alabani qo'lga kiritdik

Bugun O'zbekiston Birinchiligining 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Mehmonda “Istiqlol” mehmoni bo'lgan "Oq-tepa" yirik hisobda g'alaba nashidasini surdi. Maruf Ahmadjonovning dubli va Nikita Pavlenkoning ajoyib goli maydon egalarining mag'lubiyatiga etarli bo'ldi. Hisob 9-daqiqadayoq ochildi. Ahmadjonov bir urinishda himoyachini xato qilishga majbur qildi va jarima maydoni ichiga kirib borib, Xoldorov darvozasini nishonga oldi – 0:1. 24-daqiqada Pavlenko o'ng qanotda jarima maydoni atrofida chiroyli zarbasi bilan hisobni 0:2ga o'zgartirdi. Birinchi bo'limda hisob boshqa o'zgargani yo'q.

Tanaffusdan so'ng maydon egalari bosimni oshirishdi. Ammo xarchand urinishmasin darvozamiz tomon yo'l topa olishmadi. Aksincha, uchrashuvning 83-daqiqasida futbolchilarimiz mezbonlarni uchinchi marta maydon markaziga chorladi. O'ng qanotdan hujumga o'tgan Rekun jarima maydoni ichida himoyachilar nazaridan chetda qolgan Ahmadjonovni izlab topdi. “Oq-tepa” to'purari osonlik bilan darvozani ishg'ol qilib, dublini nishonladi.

O'zbekiston Birinchiligi. 5-tur
“ISTIQLOL” – “OQ-TEPA” - 0:3 (0:2)
24 aprel. Toshkent. “To'qimachi” stadioni.
Bosh hakam:
Viktor Serazetdinov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Ziyodulla Abdurahmonov (Andijon), Hayot Zulunov (Andijon).
Nazoratchi: Andrey Kepikov (Toshkent).

Zaxira hakami: Igor Xudaydotov (Toshkent).
“Istiqlol”: Otabek Xoldorov, Ravshan Abduvohidov, Obid Hakimov, Jasur Saidov, Mamur Sultonov (Jamoliddin Normirzaev, 57), Hasan Ergashev, Isroil Tursunov, SHohruz Norxonov, Nodir Odilov (Temur Sadirov, 82), Bahodir Daminov, Azamat Roziqov.
“Oq-tepa”: SHohruh Eshbo'taev, Doniyor Usmonov, Temur Turdiev, Nodir Teshaboev (Farhod Mirahmatov, 76), Nikita Pavlenko (Nikita Sviridov, 73), Xurshid Yo'ldoshev Nabijonovich, Sergey Rekun (SHohruh Pirnazarov, 87), Zafar Qoraqulov, Maruf Ahmadjonov, Zokir Mirzaahmedov, Sergey Proxorov (Saidjon Topilov, 61).
Gollar: Maruf Ahmadjonov, 9 – 0:1. Nikita Pavlenko, 24 – 0:2. Maruf Ahmadjonov, 83 – 0:3.
Ogohlantirishlar: Temur Turdiev, 15. Nodir Odilov, 15. Otabek Xoldorov, 30. Jasur Saidov, 37. Doniyor Usmonov, 52. Obid Hakimov, 58. Nodir Teshaboev, 66. Jamoliddin Normirzaev, 71. Nikita Sviridov, 76.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика