So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

"Oq-tepa": “Bankirlar” bilan durang o'ynadik va yana yangilar haqida Yangiliklar

"Oq-tepa": “Bankirlar” bilan durang o'ynadik va yana yangilar haqida

Xabar berganimizdek, bugun “NBU-Osiyo”ga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazildi.

“Oq-tepa” stadionida bo'lib o'tgan bellashuvda jangovor durang qayd etildi. Mehmonlar birinchi bo'limda “Oq-tepa” darvozasini ikki, tanaffusdan keyin bir marta ishg'ol qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda o'z irodalarini namoyish qilgan futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishni uddasidan chiqishdi.

Bugungi uchrashuvda “Oq-tepa” tarkibida bir qator yangi futbolchilar harakat qildi. Xususan, “Bunyodkor-2”dan taklif qilingan Davron Umirov, SHahzod Anvarov, mavsumning birinchi qismini “So'g'diyona”da o'tkazgan Elyor Jahonov hamda Vusol Mageramov, darvozabon Sulaymon Ahmedkarimov va muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan Pavel Solomin jamoamiz safidagi ilk uchrashuvini o'tkazdi. Aytish kerak, Solomin “Oq-tepa” libosidagi birinchi o'yinidayoq o'z hisobiga gol yozib qo'ydi. Qolaversa, mavsum avvalida o'ta jiddiy jarohat olgan Yaroslav Krushelnickiy ham uzoq tanaffusdan so'ng safga qaytdi va maydonga tushdi.

Yuqorida takidlaganimizdek, “Oq-tepa”ning bir goliga Pavel Solomin mualliflik qilgan bo'lsa, yana bir gol zaxiradan maydonga tushgan Jo'rabek Sobirov hisobiga yozildi. Zafarjon Qoraqulovning goli jamoamizga durang keltirdi. Himoyachi 20 metrlardan belgilangan jarima zarbasini darvozaning to'qqizligiga joyladi.

 

O'rtoqlik uchrashuvi

OQ-TEPA – NBU-OSIYO – 3:3 (0:2)

5 avgust. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.

“Oq-tepa”: Sulaymon Ahmedkarimov (Rustam Dadaboev, 50), Vusol Mageramov (SHohruh Hikmatov, 84), Temur Yafarov (Yaroslav Krushelnickiy, 46), Jaloliddin Saidov (Temur Kagirov, 46), Farhod Miraahmatov (Zafarjon Qoraqulov, 46), Anvar Rahimov (Suhrobjon Sarimsoqov, 46), Sobir Usmonxo'jaev (Abdujalil Hasanov, 60), Elyor Jahonov (SHahzod Anvarov, 46), Ildar Magdeev (Davron Umirov, 46), Temur Hakimov (Berumiy Abdunabiev, 46), Pavel Solomin (Jo'rabek Sobirov, 61).

Gollar: Pavel Solomin, Jo'rabek Sobirov, Zafarjon Qoraqulov – Olim Navkarov (2ta), Orif Abdug'aniev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика