So’nggi yangiliklar

09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  2 07:42Футзал. Бугун финал!  1 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  17 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  27 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  15 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4

Omon G'ofurov: "Logotip tanlashda oddiylik va ananaviylikdan chekinildi" Yangiliklar

Omon G'ofurov: "Logotip tanlashda oddiylik va ananaviylikdan chekinildi"

Kecha O'zPFLning rasmiy saytida mazkur tashkilotning Logotipi elon qilindi.

O'zbek do'ppisini eslatuvchi, milliylik ufurib turgan suratda millatimiz mentaliteti va professionalizm uyg'unlashgan. Bu borada O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov rasmiy saytga intervyu berdi.

- Qisqa vaqt ichida futbolimizda katta islohotlar amalga oshirildi. Yurtboshimiz barchadan yangicha ishlashni talab qilmoqda, amalga oshiriladigan barcha ishlar, islohotlar, yangiliklar pirovardida xalq manfaatlariga, aholining mazmunli yashashiga, samarali mehnatlari evaziga maroqli dam olishlariga xizmat qilishi lozimligini qayta-qayta takidlamoqdalar. Jumladan, O'zbekiston futbolida ancha yillardan buyon yig'ilib qolgan muammolarni qisqa fursatlar ichida hal qilish uchun tinimsiz ishlash, kadrlar qo'nimsizligiga barham berish, va albatta tizimni rivojlantirish uchun keskin islohotlarni amalga oshirish talab qilingandi. Yangilik yaratish, ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun esa eskilaridan voz kechish zarur edi. SHuning uchun ham yangi rahbariyat federaciya faoliyatini tubdan o'zgartirishga bel bog'ladi. Avvalo 25 yildan beri qo'llanilib kelingan musobaqa tizimi tubdan o'zgartirildi, musobaqa Reglamenti ham yangitdan tahrir qilindi, klublarga, futbolchi va murabbiylarga talablar kuchaytirildi, bolalar, ayollar va ommaviy futbolga, futzal o'yinlariga munosabat o'zgardi, etibor kuchaytirildi. Isloxiy ishlardan navbatdagisi sifatida O'zPFLning rasmiy logotipini ham yangiladik va kechadan etiboran hayotga tadbiq etdik.

- Logotipning aynan shunday shakl va ko'rinishda bo'lishining boisi nimada?

- O'tgan yilning oxirlarida, milliy chempionat yakuniga kam vaqt qolgan paytda 2018 yilgi mavsumda milliy chempionat tizimi o'zgartirilishi, Oliy liga o'rnida Superliga, birinchi liga o'rnida Pro-liga musobaqalari o'tkazilishi, jamoalar soni ham kamaytirilishini elon qildik. Bulardan ko'zlangan maqsad haqida yana takrorlab o'tirmoqchi emasman. Tizim o'zgargandan keyin uning rasmiy logotipina ham yangilashga ehtiyoj tug'ildi. Buning uchun shaffoflikni taminlash maqsadida tanlov elon qildik. O'tgan ikki-uch oy mobaynida tashkilotimizga ko'plab logotip chizmalari kelib tushdi – ularning orasida elektron holati, rangli-rangsiz chizmalari ham bor edi. Bu jarayonni haqqoniy tashkil etish maqsadida tuzilgan maxsus guruh avvaliga uchta nomzod chizmalarni aniqlab oldi, yakuniy bosqichda esa maxsus guruhning ko'pchilik ovoziga ko'ra aynan siz ko'rib turgan logotip tanlab olindi. Aynan shu nomzodga to'xtalishimizning boisi, chizmada milliylik ufurib turibdi, bir qarashda do'ppimizni eslatuvchi shakllar har qanday kishining etiborini tortishiga, kayfiyatini ko'tarishiga shubhamiz yo'q. O'rtadagi koptok va unda tashkilotimiz nomining aks ettirilishida ham mano bor. Eng muhimi, oddiylikdan, ananaviylikdan holi bo'lingan. Tanlovdagi chizmalar orasida oddiy dumaloq, uchburchak, qalqonsifat va yana ko'plab shakldagi chizmalar bor edi, mutaxassislarning etibori esa aynan shunga tushdi. Menimcha, to'g'ri qaror qabul qilingan.

- Demak, mazkur logotip endi barcha professional klublar faoliyatiga joriy qilinadi, shundaymi?

- Faqat professional klublar uchun emas, Superligadan tashqari, Pro-liganing professional klublari, yarim havaskor klublari, ayollar va futzal jamoalari, xullas O'zPFL bayrog'i ostida faoliyat yurituvchi barcha tashkilotlarga, sport tadbirlariga tadbiq etiladi.  Superliga va Pro-liga jamoalari futbolchilari sport kiyimlarida, klublarning rasmiy xatida, stadion banneri va boshqa faoliyatida ushbu logotip aks ettiriladi.



- Logotipni banner va reklamalarga joylashtirishda boshqa ranglardan ham foydalansa bo'ladimi?

- Aynan ko'k rangini tanlaganmiz, demak shu rangdan chiqmaslikni tavsiya etamiz.

- Superliga klublarining nomi malum bo'ldi, Pro-liga jamoalari borasida qachon yangilik bo'ladi?

- Mutaxassislarimiz Pro-liga jamoalari faoliyati bilan deyarli tanishib bo'lishdi, avvalgi Oliy liga maqomini beruvchi liganing saviyasi albatta yuqori bo'lishi lozim. SHuning uchun bu nomga mos jamoalar ustida ishlash, ularni saralab, talabga javob beradiganini Pro-ligaga tavsiya etish ishlari biroz vaqt talab etdi. Ammo barcha ishlar deyarli yakuniga etib qoldi, jamoalar nomi ham aniqlab olindi. Faqat so'nggi masalalardagi ishlarni yakunlash va Pro-liga ishtirokchilari nomini elon qilish qoldi xolos. 2-3 kun ichida muxlislarimiz bu xabardan ham voqish bo'lishadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика