Omid Nurafkan: "O'zbekistonni ikki-uch gol farqi bilan mag'lub eta olamiz"
08 sen 17:30
Yangiliklar


Omid Nurafkan: "O'zbekistonni ikki-uch gol farqi bilan mag'lub eta olamiz"
"Jahon chempionatiga yo'llanma olgan O'zbekistonni avvalgidek o'z yurtida engish uchun qatiyat va shijoat bilan harakat qilishimiz lozim. O'tgan mavsumda CAFA final uchrashuvida bu jamoani 1:0 hisobida mag'lub etishga erishgan edik. O'zbekiston juda kuchli jamoa, biroq biz ularni enga olamiz. CAFA chempioni bo'lish uchun shunchaki ikki barobar ko'proq kuchimizni ko'rsatishimiz kerak xolos.
Eron chempionatida to'p tepayotgan o'zbekistonlik futbolchilar juda yaxshi va samarali o'yinchilar hisoblanib, ular bizga qiyinchilik tug'diradi. Ammo ular qanday jamoa bilan o'ynashlarini ham yaxshi bilishadi. Ishonchim komilki, agar bor kuch-g'ayratimizni ishga solsak, bu jamoani ikki-uch gol farqi bilan mag'lub eta olamiz", – dedi 28 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston bahsi "Olimpiya" stadionida soat 19:30 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar