"Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Rodrini birinchi bo'lib Karvaxal tabrikladi
29 okt 2024 20:59
Yangiliklar
"Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Rodrini birinchi bo'lib Karvaxal tabrikladi
France football o'tkazgan marosimdan so'ng birinchi tabrik Danida qabul qilingan.
Kecha "Manchester Siti" futbolchisi Rodri "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritdi. Ushbu marosimga "Real Madrid" klubidan hech kim bormadi. Bunga sabab qilib asosiy sovrin Vinisius Juniorga topshirilmagani ko'rsatildi. Qizig'i shundaki, g'olib bo'lgan Rodriga birinchi bo'lib aynan Dani Karvaxal qo'ng'iroq qilgan va sovrin bilan tabrikladi.
"Men Karvaxalga "Oltin to'p"ga u ham munosib ekanligini aytdim. Marosim tugashi bilan birinchi qo'ng'iroqni aynan Dani Karvaxaldan qabul qildim.
U menga juda ham o'xshaydigan o'yinchi. Hozir biz jarohatda ekanimiz ham o'xshash. Dani men bilan bir xil qadriyatlarga ega futbolchi. U meni tabrikladi", -deydi Rodri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar