"Oltin to'p"ga davogarlarning yangilangan reytingi elon qilindi. Kim favorit?
22 may 12:46
Yangiliklar
"Oltin to'p"ga davogarlarning yangilangan reytingi elon qilindi. Kim favorit?
"Oddschecker" tahliliy xizmati malumotlariga ko'ra, PSJ vingeri Usmon Dembele "Oltin to'p"ga asosiy davogar hisoblanadi.
Franciyalik futbolchining so'rovnomada g'alaba qozonish ehtimoli – 40%.
Ikkinchi o'rinda "Barselona" vingeri Lamin Yamal. Yosh ispaniyalikning g'alaba qozonish imkoniyati – 33% ni tashkil etmoqda.
Keyingi o'rinlarda Yamalning jamoadoshi Rafinya va "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh qayd etilgan. Ikkala o'yinchining muvaffaqiyat darajasi 10% ga baholanmoqda.
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Oltin to'p"ga davogarlar beshligini yakunladi. Uning ovoz berishda g'alaba qozonish ehtimoli – 9%.
Dembele 31 may kuni Chempionlar Ligasi finalida Martinesga qarshi maydonga tushadi. Parijliklar mavsumning asosiy o'yiniga to'liq tarkib bilan yo'l oladi.
Avvalroq "Oltin to'p-2025" taqdirlash marosimining sanasi va joyi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar