So’nggi yangiliklar

08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  0 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  6 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 8-tur ramziy terma jamoasi

O'tgan hafta oliy ligada 8-tur bahslari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra saytimiz ijodkorlari tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

Darvozaga "Olmaliq" klubi posboni Xurshid Xodjaevni loyiq deb topdik. Ushbu posbon Farg'onada "Neftchi" bilan uchrashuvda o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Uning darvozasiga raqiblar faqat bir marta, penaltidan gol ura olishdi xolos. Xodjaev bundan tashqari o'tgan turlarda o'z darvozasidan gol o'tkazmagandi.



"Buxoro" sardori Vladimir Baenko "Metallurg" bilan uchrashuvda faol o'ynadi. "Buxoro" Bekoboddan g'alaba bilan qaytishidan aynan Baenkoning xissasi juda katta bo'ldi.



"Qizilqum" o'z maydonida "Nasaf" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. SHu kuni mezbonlar safida Fayzullo Qambarov himoyada mustahkam turdi. Qarshiliklar faqat penaltidan gol urishdi.



"Olmaliq"ning yana bir futbolchisi "Neftchi"ga qarshi bahsni yaxshi o'tkazdi. Farg'onalik hujumchilarga o'yin bermagan SHavkat Mullajonov uchinchi bor ramziy terma jamoamizdan o'rin oldi.



"Qo'qon-1912" G'uzorda shiddatli bahsda 3:2 hisobida g'alabaga erishib qaytdi. Bu uchrashuvda qo'qonliklar yarim himoyachisi Javohir Sidiqov juda faol o'ynadi. Bundan tashqari Sidiqov gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. 



"Mashal" sardori Zafar To'raev doimgidek jamoasi joniga oro kirishda davom etadi. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda muboraklilar safida g'alaba to'pini aynan To'raev Zuhurov qo'riqlayotgan darvozaga kiritdi.



"Lokomotiv" Toshkent derbisida "Obod"ni sharmandali hisobda taslim qildi - 7:0. SHu kuni "temiryo'lchilar" safida ko'plab futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Ular orasida Jaloliddin Masharipov qolganlardan ajralib turdi, bundan tashqari u ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.



"So'g'diyona" Samarqandda "Dinamo" bilan jangovor durang o'ynab qaytdi. Jizzax klubi safida yarim himoyachi Sardor Eminov juda ham faol o'ynadi. U gol urmagan bo'lsa ham jamoasining safardan durang bilan qaytishiga katta xissa qo'shdi.



"Neftchi"ning yosh yarim himoyachi Abdurahmon Abdulhaqov o'tgan turdayoq ramziyga kirishga loyiq bo'lgandi. Ammo raqobat tufayli tarkibimizdan chetda qolgandi. 8-turda "Olmaliq" bilan o'yinda faol harakatlari bilan ajralib turgan Abdurahmon jamoasini mag'lubiyatdan qutqargan penaltini ishlab berdi.



"Lokomotiv"ning yirik g'alaba qozonishida Murod Bobojonov katta rol o'ynadi. "Neftchi"dan ijaraga olishgan hujumchi "Obod" darvozasiga ikkita gol urdi va Ikrom Aliboevga golli pas oshirdi. SHu bois hujumchi haqli ravishda ramziy termadan o'rin oldi.



"Dinamo" hujumchisi Amirjon Safarov oliy ligada ilk bor dublga erishdi. "So'g'diyona" bilan bahsda Safarov ikkinchi bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushib o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi.


Championat.asia talqiniga ko'ra oliy liganing 8-turi ramziy terma jamoasi


Darvozabon
Xurshid Xodjaev ("Olmaliq")

Himoyachilar

Vladimir Baenko ("Buxoro") (2-marta ramziy terma jamoada)
Fayzullo Qambarov ("Qizilqum")
SHavkat Mullajonov ("Olmaliq") (3)

Yarim himoyachilar
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
Zafar To'raev ("Mashal") (2)
Jaloliddin Masharipov ("Lokomotiv")
Sardor Eminov ("So'g'diyona")
Abdurahmon Abdulhaqov ("Neftchi")

Hujumchilar
Murod Bobojonov ("Lokomotiv")
Amirjon Safarov ("Dinamo")

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика