So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Oliy liga. 29-tur juftliklarining o'zaro natijalari qanday? Yangiliklar

Oliy liga. 29-tur juftliklarining o'zaro natijalari qanday?

Teglar :  Oliy liga29-tur
19 noyabr kuni oliy liganing 29-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

11talikka kirish uchun imkoniyati qolmagan "Neftchi" o'z maydonidagi eng so'nggi uchrashuvni "Mashal"ga qarshi o'tkazadi. "Mashal"da mavsumni 5-o'rinda tugatish uchun ham nazariy imkoniyati bor.


Oliy Liga, 29-tur
19 noyabr (yakshanba)
“Neftchi” (Farg'ona) – “Mashal” (Muborak)
Hakamlar: 
H. Ro'ziev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), J. Jalimov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: R. Serazitdinov (Toshkent)
PFL vakili: R. CHernikov

O'zaro o'yinlari soni: 33
"Neftchi" g'alabasi: 20
Durang: 2
"Mashal" g'alabasi: 11
To'plar nisbati: 60-34
Birinchi davradagi o'yin: "Mashal" - "Neftchi" 2:2

"Qizilqum" bu turda "Metallurg"ni mag'lub etsa 11-o'rindan pastga tushib ketmasligi deyarli aniq bo'ladi. "Metallurg" safarda 4ta uchrashuvdan buyon yuta olmayapti.
 
“Qizilqum” (Navoiy) – “Metallurg” (Bekobod)
Hakamlar: 
SH. Qosimov (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), R. Serazitdinov (Toshkent), I. Xudaydotov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent)
PFL vakili: M. Saidqosimov.

O'zaro o'yinlari soni: 35
"Qizilqum" g'alabasi: 14
Durang: 10
"Metallurg" g'alabasi: 11
To'plar nisbati: 48-42
Birinchi davradagi o'yin: "Metallurg" - "Qizilqum" 3:1
 

Mavsumni musobaqa jadvalining o'rtasida tugatishi deyarli aniq bo'lgan klublar o'rtasidagi bahs Olmaliqda bo'lib o'tadi. "Olmaliq" o'z maydonida oxirgi ikki uchrashuvda zafar quchdi. "Navbahor" esa safarda olti o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

“Olmaliq” (Olmaliq) – “Navbahor” (Namangan)
Hakamlar: 
V. Ceytlin (Toshkent), R. SHoyahmetov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), F. Norsafarov (Qarshi).
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand)
PFL vakili: A. Frolov.

O'zaro o'yinlari soni: 19
"Olmaliq" g'alabasi: 9
Durang: 5
"Navbahor" g'alabasi: 5
To'plar nisbati:  29-27
Birinchi davradagi o'yin: "Navbahor" - "Olmaliq" 1:1
 

Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "So'g'diyona" klubi o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Qo'qonliklar 10ta turdan buyon safardagi o'yinlarda g'olib chiqa olmayapti. "So'g'diyona" oliy ligada oxirgi uchta uchrashuvning barchasda yutqazdi.

“So'g'diyona” (Jizzax) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon)
Hakamlar
: A. Risqullaev (Toshkent), T. Gaynullin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
PFL vakili: SH. Rajabov

O'zaro o'yinlari soni: 21
"So'g'diyona" g'alabasi: 10
Durang: 4
"Qo'qon-1912" g'alabasi: 7
To'plar nisbati:  35-26
Birinchi davradagi o'yin: "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 3:2


"Bunyodkor" bu tur o'z uyida "Buxoro"ni mag'lub etsa mavsumni to'rtinchi o'rinda tugatishi aniq bo'ladi. "Buxoro" o'z tarixida bir marta "qaldirg'ochlar"ni mag'lub eta olgan. O'sha g'alaba 2017 yilgi mavsumning birinchi davrasida kuzatildi.

“Bunyodkor” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro)
Hakamlar: 
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), V. Kovalenko, I. Tantashev, J. Muxtorov.
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
PFL vakili: V. SHtern

O'zaro o'yinlari soni: 19
"Bunyodkor" g'alabasi: 15
Durang: 3
"Buxoro" g'alabasi: 1
To'plar nisbati:  46-8
Birinchi davradagi o'yin: "Buxoro" - "Bunyodkor" 4:2


Yil o'yini deb tarif berilayotgan o'yin Qarshida o'tadi. "Nasaf" qatorasiga 10ta o'yindan buyon g'alabaga erishmoqda. "Paxtakor" esa so'nggi 5ta uchrashuvda 5 marta g'alaba qozondi va umuman gol o'tkazmadi.

“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent)
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), SH. Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
PFL vakili: B. Haydarov

O'zaro o'yinlari soni: 42
"Nasaf" g'alabasi: 9
Durang: 10
"Paxtakor" g'alabasi: 23
To'plar nisbati:  33-59
Birinchi davradagi o'yin: "Paxtakor" - "Nasaf" 2:1


"Lokomotiv" Samarqandda g'olib bo'lsa ketma-ket ikkinchi yil oliy ligada chempion bo'ladi. "Dinamo" bu turda mag'lub bo'lsa 11-o'rinni olish imkoniyatini deyarli yo'qotadi. "Temiryo'lchilar" 7ta o'yindan buyon yutqazmayapti. Jamoa oxirgi beshta bahsda umuman gol o'tkazmadi.

“Dinamo” (Samarqand) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: 
A. Asimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent)
PFL vakili: V. Lyotkin.

O'zaro o'yinlari soni: 23
"Dinamo" g'alabasi: 10
Durang: 3
"Lokomotiv" g'alabasi: 10
To'plar nisbati:  34-32
Birinchi davradagi o'yin: "Lokomotiv" - "Dinamo" 2:0

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика