So’nggi yangiliklar

09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  2 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  4 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3

Oliy liga-2017 yakunlari. "Qashqadaryo derbisi"da "Nasaf" mutloq etakchi Yangiliklar

Oliy liga-2017 yakunlari. "Qashqadaryo derbisi"da "Nasaf" mutloq etakchi

Oliy liga-2017 yakunlari haqida turli xil qiziqarli malumotlar berishda davom etamiz.

Kecha, "Toshkent derbisi" haqida bafurja gaplashgan edik. Bugun "Qashqadaryo derbisi"ga to'xtalib o'tamiz.

Malumki, yakuniga etgan chempionatimiz oliy ligasida Qashqadaryo viloyatining 3 ta jamoasi ishtirok etdi. Qarshining "Nasaf" jamoasi yakunda kumush medal sohibiga aylangan bo'lsa, Muborakning "Mashal" klubi marraga sakkinchi bo'lib etib keldi. G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, 2018 yildan boshlanadigan superliga bahslarida ishtirok etish huquqidan mahrum bo'ldi. Jamoa yakunda 14-o'rin bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.

"Toshkent derbisi"dan farqli ravishda "Qashqadaryo derbisi" ishtirokchilari orasidagi farq sezilarli darajada ekanligi, ularning o'zaro o'yinlari natijalarida ham o'z aksini topdi. Avvalo jamoalar o'rtasidagi bahslarga to'xtalib o'tamiz:


3-tur
18mart
shanba
SHo'rtan-Mashal
0:2
11-tur
18 may
payshanba
Nasaf- Mashal
1:0
13-tur
15iyun
payshanba
SHo'rtan-Nasaf
1:2
18-tur
19avgust
shanba
Mashal- SHo'rtan
4:0
26-tur
26oktyabr
payshanba
Mashal -Nasaf
1:2
28-tur
9noyabr
payshanba
SHo'rtan-Nasaf
0:3




 

Etibor bersangiz, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi derbidagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan. To'rtta o'yinda to'rtta g'alabaga erishgan "ajdarlar" raqib darvozabonlarini 8 marta xafa qilib, o'z darvozasidan bor yo'g'i 2 ta to'p o'tkazib yuborgan (+6). Etiborlisi qarshiliklar o'z maydonidagi bellashuvlarda raqib darvozasiga 4 ta gol urib, o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Ular 11-turda "Mashal"ni 1:0 hisobida taslim qilgan bo'lsa, 28-turdan o'rin olgan "SHo'rtan"ga qarshi bahsda g'uzorliklar darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishni uddasidan chiqishgan. Safardagi 2 ta bellashuvda esa har ikki raqibini ham bir xil 2:1 hisobida taslim etgan (13-turda "SHo'rtan" va 26-turda "Mashal").


Muborakning "Mashal" klubi esa derbi bahslarida "Nasaf"ga har ikki o'yinda mag'lub bo'lgan bo'lsa (safarda 1:0 (11-tur), 26-turda o'z maydonida 1:2), "SHo'rtan"ga qarshi o'tgan bellashuvlarda g'alabani tantana qilgan. 3-tur doirasida o'tgan safardagi o'yinda 2:0 hisobida g'alabaga erishgan A.Xomyakov shogirdlari, 18-turdan o'rin olgan Muborakdagi bahsda raqib darvozasiga javobsiz to'rtta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Derbi doirasida o'tkazilgan bahslarda "gazchilar" 7 ta gol urib, o'z darvozasidan 3 ta to'p olib chiqqan (+4).


Yakuniy natijasidan qatiy nazar FIFA tomonidan oliy ligadan chetlatilgan G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi Qashqadaryo jamoalari orasida eng kuchsizi bo'lib chiqdi. G'uzorliklar derbi doirasida o'tkazilgan 4 ta bahsda ham mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati ham havas qiladigan darajada emas. 1:11 (-10). Jamoa tomonidan urilgan yagona gol Igor Taran nomiga yozilgan bo'lib, u viloyat peshqadami "Nasaf"ga qarshi bahsda raqib posbonini xafa qilishga muyassar bo'lgan.


O'zaro o'yinlardan keyingi turnir jadvali esa qo'yidagicha ko'rinish olgan:


#
Jamoalar
O'
YU
D
M
T-N
+/-
O
1
Nasaf
4
4
0
0
8-2
6
12
2
Mashal
4
2
0
2
7-3
4
6
3
SHo'rtan
4
0
0
4
1-11
-10
0
 


"Qashqadaryo derbisi"ning umimiy statistikasiga to'xtaladigan bo'lsak, o'tkazilgan 6 ta bellashuvning barchasida u yoki bu jamoa g'alabaga erishgan, yani jamoalar durangga rozi bo'lmagan. 6 ta bahsning 3 tasida mezbonlar g'alaba qozongan bo'lsa, yana shunchasida mehmonlar uylariga 3 ochko bilan qaytgan.

O'tkazilgan 6 ta o'yinda darvozalarga 16 ta gol kiritildi. Urilgan gollarning 10 tasi mezbonlar hisobiga to'g'ri kelgan. O'z-o'zidan 6 ta gol mehmonlar hisobiga yozilgan. 

Gollarning 3 tasi penaltidan kiritilgan. 11 metrlik nuqtadan "Mashal" vakillari Sardor Rahmonov va Kenja To'raev, shuningdek, "Nasaf" hujumchisi SHahboz Erkinovlar gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Derbida qayd etilgan eng yirik hisob "Mashal"-"SHo'rtan" bahsida sodir bo'lgan. O'sha kuni mezbonlar mehmonlarni 4 ta gol bilan siylagan (4:0).
"Qashqadaryo derbi"si to'purarlari haqida to'xtaladigan bo'lsak, birdaniga 3 ta o'yinchi hisobida 2 tadan gol mavjud. Bular "Nasaf"dan Dragan CHeran, SHahboz Erkinov va "Mashal" azosi Humoyun Murtozoevlardir.

SHuningdek, "Nasaf" o'yinchilari I.Rashidhonov, B.Abdurahimov, D.Narzullaev, Bobur Abduxoliqov, "Mashal"dan I.SHoyqulov, K.To'raev, SH.SHaymanov, S.Rahmonov, Z.To'raev va "SHo'rtan" hujumchisi I.Taran hisobiga bittadan gol yozilgan.



Oliy liga-2017 yakunlari. "Toshkent derbisi"da kim kuchli?

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика