So’nggi yangiliklar

12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  1 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  8 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  18 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16

Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida Yangiliklar

Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida malumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Bekobodning "Metallurg" klubi haqida malumot beramiz.

Mavsum
Klub mavsumni o'z maydonida "Lokomotiv" bilan durang bilan boshladi va dastlabki uchta turda umuman mag'lub bo'lmadi. 8-turga kelib jamoa 13-o'ringa tushib ketdi. Keyin Qarshida "Nasaf" taslim qilindi, o'z maydonida "Andijon" tor-mor etildi - 5:1. Davra oxirida "Metallurg" 7-pog'onani band etishdi. CHempionat so'nggida esa Bekobod klubi xuddi o'tgan yildagi kabi 9-o'rinni egalladi.


Murabbiylar
Jamoaning uzoq yillik ustozi Rustam Mirsodiqov 23-turga qadar bosh murabbiylik qildi. "Paxtakor" bilan o'yindan so'ng O'FF tajribali murabbiyning licenziyasini qaytarib oldi. Mavsum oxirigacha jamoani SHavkat Saidov boshqardi.



Etakchi
Oxirgi yillarda "Metallurg" deganda Hikmat Hoshimov ko'z oldimizga keladigan bo'lib qoldi. Tajribali himoyachi bu yil ham jamoaning asosiy futbolchisi bo'ldi. Hoshimov 2015 yilgi oliy ligada barcha o'yinlarda to'liq o'ynagan ikki futbolchidan biri bo'ldi. U 30ta o'yinning barchasida to'liq (2700 daqiqa) harakat qildi. Hikmat Hoshimov keyingi yil ham "Metallurg"da yoshlarga bosh bo'lishi kutilmoqda.


Kashfiyot
Saidjon Abdujabborov. 1992 yilda tug'ilgan yarim himoyachi o'tgan yil oliy ligada faqat bitta o'yinda ishtirok etgandi. Bu yil esa 24ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Qo'qon-1912" va "Olmaliq"qa qarshi o'yinlarda dublga erishgan futbolchi nafaqat klub safida balki oliy liganing o'zida ham kashfiyotlardan biri bo'ldi.



Eng yaxshi o'yin
"Metallurg" - "Andijon" 5:1

Bekobod klubi mavsumdagi eng yirik g'alabani "Andijon" bilan o'yinda qo'lga kiritdi. 10-turdan o'rin olgan uchrashuvda Murodjon Toshmatov va SHahzodbek Nurmatov dublga erishgandi. "Burgutlar" darvozasiga kiritilgan yana bir to'pga Saidjon Abdujabborov mualliflik qilgan. "Andijon" safida Lochin Soliev penaltidan yagona javob golini urgandi - 5:1.



Eng yaxshi futbolchi
SHahzodbek Nurmatov. Keyingi yilni boshqa klubda o'tkazishi mumkin bo'lgan hujumchi so'nggi yillarda muntazam ravishda "Metallurg"ning to'purari bo'lib kelmoqda. Bu yil Nurmatov 26ta o'yinda maydonga tushib 10ta gol urishga erishdi. Hujumchi "Andijon", "Qizilqum" va "Navbahor"ga qarshi bahslarda dublga erishdi.



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi Amplua   
Tug'.sana O'yin    
Daqiqa    
Gol   
SK    
QK   
Hoshimov Hikmat Him 12.11.1979     
30 2700 0 1 0
Odilov Doniyor Him 16.02.1989 28 2312 0 6 1
Karimqulov Davron Him 13.03.1981 27 2423 0 2 0
Toshmatov Murodjon Him 21.06.1991 27 2105 4 2 0
Sulaymonov Mirg'iyos Yahm 02.01.1991 26 2334 2 10 0
Nurmatov SHahzodbek Huj 18.09.1991 26 2221 10 3 0
Ziyovuddinov Alisher Yahm 27.06.1992 26 1443 2 4 0
Vagapov Ruslan Yahm 22.01.1980 24 1990 3 4 0
Abdujabborov Saidjon         
Yahm     
08.07.1992 24 1775 7 3 0
Karimov Dilmurod Yahm 27.06.1989 23 1310 3 8 0
No'monov Ayubxon Huj 22.07.1991 21 1819 7 6 0
Mirabdullaev Javlon Him 19.03.1994 20 1735 0 8 0
Safoev Zafar Dar 24.06.1991 17 1530 0 0 0
Kovalev Aleksandr Him 24.09.1986 16 1069 0 1 0
Norbekov SHoxnazar Huj 18.07.1994 16 833 2 2 0
Sultonov Suxrob Dar 26.03.1990 13 1170 0 0 0
Abdullaev Zohid Huj 25.05.1984 11 235 1 1 0
Akbarov Mirto'ra Huj 30.09.1989 9 256 1 0 0
Rasulov Sardor Huj 05.09.1989 9 244 1 0 0
Esonov Nozimjon Him 23.02.1987 3 187 0 0 0
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Metallurg-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar 30
Gollar 44
Uydagi gollar 27 (61,36%)
Mehmondagi gollar 17 (38,64%)
O'tkazilgan gollar 38
Uyda o'tkazilgan gollar 21 (55,26%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar 17 (44,74%)
O'rtacha gol 1,47
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,27
Uydagi ochkolar 22/45 (48,89 %)
Mehmondagi ochkolar 14/45 (31,11 %)
Eng yirik g'alaba 5:1 - "Andijon"
Eng yirik mag'lubiyat 2:3 - "Navbahor", "Paxtakor"     
"Quruq" o'yinlar 7 (23,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar 7 (23,33%)
Irodagi g'alaba 1
Yirik g'alabalar 3
Yirik mag'lubiyatlar 0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) 1/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha) 61 (2,03)
CHetlatishlar (o'rtacha) 1 (0,03)
Maydonga tushganlar (legioner)           
20 (0 - 0%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) 81355/2712

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida


Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida


Narzulla Saydullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика