So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  401 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Oliy liga-2015. To'xtaxo'jaev va Golban darvozabon rolida Yangiliklar

Oliy liga-2015. To'xtaxo'jaev va Golban darvozabon rolida

2015 yilgi mavsumda hakamlar 3 nafar darvozabonga qizil kartochka ko'rsatishdi.

Ilk qizil kartochkani 11-turda "Lokomotiv" darvozaboni Mamur Ikromov "Buxoro"ga qarshi o'yinda oldi. 85-daqiqada Ikromov o'z jarima maydoni tashqarisida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun Vadim Agishev tomonidan qizil kartochka bilan "siylangandi". O'sha paytga kelib "Loko" murabbiylari uchta o'zgarishni amalga oshirib bo'lishgandi. SHu bois qolgan vaqtda darvozani himoyachi Islom To'xtaxo'jaev qo'riqlagandi. To'xtaxo'jev 5 daqiqadan ortiq vaqt davomida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. 



Ikkinchi davra oldidan "Olmaliq" klubi o'z safiga legioner darvozabonni qo'shib oldi. Valeriy Fomichev 16-turda "Paxtakor" bilan o'yinda o'z debyutini nishonladi. Aytish mumkinki debyut juda omadsiz chiqdi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Vladimir Kozakning zarbasini qaytara olmagan posbon 26-daqiqada o'z jarima maydoni ichida Stanislav Andreevni yiqitdi. Etiborlisi bu uchrashuvda ham Vadim Agishev bosh hakam bo'lgandi. Referi unga qizil kartochka ko'rsatdi va penalti belgiladi. O'yin boshi bo'lgani uchun Igor SHkvirin hisobida o'zgarish mavjud edi. Uning o'rniga maydonga tushgan Umid Xonimqulov penaltini qaytara olmadi. O'yin "Olmaliq"ning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan tugagandi.



30-turda "Bunyodkor" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yinda mehmonlar posboni Ruslan Matniyozov maydondan chetlatildi. 85-daqiqada o'z jarima maydonini tark etib Dostonbek Hamdamovni yiqitgani uchun Dmitriy Pislegin Matniyozovga qizil kartochka ko'rsatdi. O'zgarishlar qolmagani bois darvozani "Qo'qon-1912" himoyachisi Igor Golban egalladi. Qizig'i bu vaqtga kelib "Bunyodkor" 5:0 hisobida oldinda borayotgandi, Golban darvozaga turgach "qaldirg'ochlar" gol ura olishmadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика