So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 2:2 (матнли трансляция)   216 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Oliy liga-2015. "Olmaliq"da 6ta qizil, eng tartibli jamoa "SHo'rtan" Yangiliklar

Oliy liga-2015. "Olmaliq"da 6ta qizil, eng tartibli jamoa "SHo'rtan"

2015 yilgi oliy ligada hakamlar futbolchilarga 1005ta sariq va 53ta qizil kartochka ko'rsatishdi.

Eng ko'p sariq kartochkani "Navbahor" futbolchilari olishdi. Namangan klubi azolariga jami 82ta sariq kartochka ko'rsatildi.

Keyingi o'rinlarni "Andijon" (75ta sariq) va "Olmaliq" (74ta sariq) jamoalari band etishdi.

Eng kam sariq kartochkani esa "Paxtakor" va "Lokomotiv" klubi futbolchilari olishdi. Oltin va kumush medal sohiblari bir xil 47 martadan ogohlantirilishdi.

Qizil kartochkalar borasida gap ketganida "Olmaliq" bu borada "chempion" bo'ldi. 2014 yil bironta qizil kartochka olmay "Feyr Pley" sovrinini qo'lga kiritgan jamoa azolari bu yil 6 marta qizil kartochka olishdi.



"Qizilqum", "Metallurg" va "SHo'rtan" futbolchilari esa eng kam, bir martadan qizil kartochka olishdi.

Bu yilgi "Feyr Pley" sovrini 54ta sariq va 1ta qizil kartchoka olgan "SHo'rtan" jamoasiga topshirilishi kutilmoqda.

3ta qizil kartochka olgan Evgeniy Gogol

Alohida futbolchilarga to'xtaladigan bo'lsak "Olmaliq" sardori Evgeniy Gogol mavsum davomida 3ta qizil kartochka oldi. Ikkitadan qizil kartochka olgan futbolchilar: Bahrom Abdurahimov ("Nasaf"), Sanjar Asqaraliev ("Andijon"), Akmal Xolmurodov ("Dinamo"), Boburjon Akbarov ("Navbahor"), Siroj Hamroev ("Mashal"), Vohid SHodiev ("Bunyodkor") va Mansur Saidov ("Mashal").

Sariq kartochka olish bo'yicha rekordchilar Ibrohim Otaxonov ("Andijon"), Ulug'bek Baqeov ("Navbahor") va Mikita Bukatkin ("Mashal") 11 martadan ogohlantirilishdi. 

Vohid SHodiev 2 marta qizil kartochka oldi


Klub Sariq           
Qizil            
"Olmaliq" 74 6
"Navbahor" 82 5
"Neftchi" 65 5
"Dinamo" 59 5
"Andijon" 75 4
"Buxoro" 67 4
"Qo'qon-1912"            
62 4
"Bunyodkor" 60 4
"Mashal" 69 3
"Nasaf" 54 3
"Paxtakor" 47 3
"So'g'diyona" 62 2
"Lokomotiv" 47 2
"Qizilqum" 67 1
"Metallurg" 61 1
"SHo'rtan" 54 1

Narzulla Saydullaev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика