Olive Jiru "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin edi
22 dek 2023 18:10
Yangiliklar
Olive Jiru "Lokomotiv"ga o'tishi mumkin edi
"Lokomotiv" sobiq prezidenti, hozirda klub direktorlar kengashi azosi hisoblangan Valeriy Filatov 2019 yil klub Franciya termasi hujumchisi Olive Jiruni sotib olishi mumkin bo'lganini esladi.
"Kiknadze bilan bahslashib qolgan vaziyatlarimiz bo'lganmi? Bahs demagan bo'lardim, ammo bir voqeani eslab turaman. Men unga Jiruni sotib olishni maslahat bergandim. 2019 yil u "CHelsi" tarkibida joyini yo'qotib qo'ygandi va francuzni turli klublarga taklif qilishgan.
Narx? Taxminan 10 million evro, maoshi — to'rt million atrofida. O'shanda "Lokomotiv"da pul bor edi. Men shunday degandim: "Vasiliy, agar shunday forvardni sotib olsak, biz bilan hech kim bahslasha olmaydi!".
Kiknadze tavakkal qilmadi. Afsus. Hozir Jiru "Milan"da, 37 yoshda ham gol urishdan to'xtamadi!".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar