Olisega beshta klub davogarlik qilmoqda
14 iyu 16:48
Yangiliklar
"CHelsi", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Nyukasl" va "Bavariya" jamoalari "Kristal Pelas" vingeri Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.
Futbolchining tovon puli 60 million funtni tashkil qiladi. Hozircha faqat "ko'klar" bandni faollashtirishga tayyorligini bildirgan.
22 yoshli franciyalik futbolchi o'tgan mavsum APLda 19 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "burgutlar" bilan kelishuvi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikrlar