“Olimpiko“ Klaudio Raneri bilan chiroyli xayrlashdi
19 may 2025 08:20
Yangiliklar
“Olimpiko“ Klaudio Raneri bilan chiroyli xayrlashdi
Kecha “Roma“ o'z uyida “Milan“ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv 3:1 hisobida rimliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahs “bo'rilar“ ustozi Klaudio Ranerining “Olimpiko“ stadionidagi so'nggi uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvni bevosita 70 ming nafar muxlis stadiondan kuzatdi va Klaudio Raneri uchun maxsus perfomans yaratishdi.
Eslatib o'tamiz, Klaudio Raneri jamoani o'tgan yilning noyabr oyida qabul qilib olgandi. O'shanda jamoa 12-turdan so'ng 13 ochko bilan 12-pog'onada ketayotgandi. Ayni vaqtda “Roma“ chempionat yakuniga 1 tur qolganida musobaqa jadvalining 5-pog'onasida joylashgan. Murabbiy mavsum yakunidan so'ng murabbiylik faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Fikrlar