So’nggi yangiliklar

19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   0 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  2 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  1 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  6 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  2 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  20 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  2 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  8 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  17

"Olimpik"ning ertasi nima bo'ladi? Yangiliklar

"Olimpik"ning ertasi nima bo'ladi?

"Olimpik" loyihasini o'z mevasini berib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Olimpiada o'yinlarida qatnashdi.

Guruhdan chiqa olmaganimiz - boshqa masala. Asosiysi biz bir necha yillardan beri Olimpiadaga chiqishni orzu qilib kelayotgandik va bu orzu 2024 yilga kelib amalga oshdi. Va tan olaylik, bunda "Olimpik" loyihasining tasiri katta bo'ldi.

Olimpiadaga chiqishimiz uchun musobaqa reglamentiga muvofiq olimpiya yoshiga mos keluvchi futbolchilardan iborat tarkib yig'ildi. Keyin "Olimpik" nomi bilan jamoa avvaliga Proliga, so'ngra Superligada ishtirok etdi. Bu jamoada boshqa klublardan farqli ravishda futbolchilarning yoshi bo'yicha chegara bo'lgani bois "Olimpik" yoshi katta futbolchilar xizmatidan foydalana olmadi. SHunga qaramay, ko'p o'yinlarda o'zini ko'rsatib, bir nechta g'alabalarga erishdi.

Bunda jamoani yaqin-yaqingacha boshqarib kelgan Timur Kapadzening ham hissasi katta bo'ldi. Zero Kapadze yosh murabbiy bo'lishiga qaramay, eng shimarib ishga kirishdi va ko'pincha o'z klublari zaxirasida qolib ketgan yigitlardan foydalanib, yaxshi futbol namoyish eta oladigan jamoa tuzishga harakat qildi. "Olimpik" Superligada raqobatbardosh jamoalardan biriga aylana oldi.




Parij olimpiadasining futbol bo'yicha musobaqasi o'z yakuniga etgach, endi ko'pchilikda navbatdagi savol yuzaga keldi: "Olimpik" loyihasi nima bo'ldi? Klub tarqatib yuboriladimi?


SHuni aytishimiz mumkin, hozirgi "Olimpik" miqyosida ushbu loyiha tugadi. Buni Timur Kapadze Toshkentga qaytgach, OAV bilan uchrashuvda aytib o'tdi. Lekin klub taqdiri-chi? Hozircha bu savol ochiq qolyapti. Olimpiya terma jamoamiz Franciyadan qaytgach, Timur Kapadze "Olimpik" futbol klubi bosh murabbiyligidan ketganini va biroz dam olish niyati borligini malum qildi. Ayni paytda vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida Denis Korostichenko jamoani boshqarib kelmoqda.

"Lokomotiv" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Denis Korostichenko ham jamoa ushbu mavsumni tugatib qo'yishi hamda klubning keyingi taqdirini rahbariyat hal qilishini aytib o'tdi. Tarkibdan bir nechta etakchilar ketgan bo'lishiga qaramay, "Olimpik" baribir ushbu mavsumni tugatib qo'yadi.




Lekin jamoaning ertasi nima bo'ladi degan savolga hozircha aniq javob yo'q. Aytaylik, "Olimpik" mavsumni o'rta o'rinlarda tugatdi va Superligada kelasi yil ham o'ynamoqchi, faqat buning uchun bazi shartlarni bajarishiga to'g'ri keladi. Yani shu paytgacha "Olimpik"ka klubdan ko'ra ko'proq loyiha sifatida qarab kelindi va maqsad bitta - Parij Olimpiadasiga yo'l olish edi. SHuning uchun ham Superliga klublariga qo'yib kelinayotgan talablar "Olimpik" atrofini chetlab o'tdi.

Lekin "Olimpik" 2025 yil ham Superligada ishtirok etadigan bo'lsa, unda to'liq klub maqomida bo'ladi va bazi talablarni bajarishiga to'g'ri keladi. Masalan, jamoa o'z qoshida futzal va ayollar jamoalarni tashkil etishi lozim. CHunki Superligada bu narsa majburiy hisoblanadi. Ayollar va futzal jamoalarini tashkil etish qo'shimcha mablag' talab etadi, balki rahbariyat bu boshog'riqni xohlamas va xuddi hozirgidek asosiy jamoa, U-21 va U-19 jamoalari bilan kifoyalanib turishni maqsad qilar.




Lekin ikkinchi tomondan Superliganing ham o'z talablari borki, bular bajarilmasa yana gap-so'z ko'payadi. O'FA va PFL tomonidan "Olimpik" oldiga ham jiddiy talablar qo'yiladimi, ko'pchilikni hozir shu masala qiziqtiryapti. "Olimpik" o'tgan 3-4 yil ichida klub sifatida ancha shakllanib qoldi va o'z faoliyatini davom ettirgani maqul. CHunki bu erda gap faqat maydonga tushayotgan futbolchilar haqida emas, klub uchun mehnat qilayotgan boshqa odamlar ham borki, "Olimpik" orqasidan o'z oilasini taminlab kelayotganlar qancha.

Agar "Olimpik" o'z faoliyatini to'xtatsa bir nechta inson ishsizga aylanadi, natijada ro'zg'orda muammolar paydo bo'ladi. Lekin bu o'rinda hamma gap rahbariyat va klub homiylarining qanday qaror qabul qilishida. Klubni yopaylik desa qanchadan qancha futbolchi-yu, murabbiylar, klub xodimlari ishsiz qoladi, faoliyatini davom ettiraylik desa futzal va ayollar jamoasi tashkil etishga to'g'ri keladiki. Xullas savollar bisyor.

X.Xoliqov.

P.S. Yaqinda quloqqa bir gap chalindi: "Olimpik" o'rniga bu jamoaning "vorisi" sifatida "Olimpik Mobiuz" tayyorlanayotgan ekan va keyingi Olimpiadaga chiqish shu jamoadagi futbolchilar zimmasiga yuklatilar emish.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика