Olimpiada oldidan. O'zbekistonning guruhdagi raqibi kecha Ukraina bilan durang o'ynadi
15 iyu 2024 12:49
Yangiliklar
Olimpiada oldidan. O'zbekistonning guruhdagi raqibi kecha Ukraina bilan durang o'ynadi
Parijdagi Olimpiadada ishtirok etuvchi terma jamoalar tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Kecha Misr olimpiyachilari Ukraina olimpiyachilariga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Braziliyalik Rojerio Mikale boshchiligidagi misrliklar O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olganidan xabaringiz bor.
Kechagi o'yinda dastlab ukrainlar hisobni ochishdi, o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Ahmed Atef hisobni tenglashtirdi.
Ukraina U-23 - Misr U-23 - 1:1
Gollar: Maksim Braxaru 12 - Ahmed Atef 80.
Misr Olimpiadaga qadar yana bitta nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Afrikaliklar 17 iyul kuni Iroqqa qarshi maydonga tushishadi.
Malumot uchun, Misr olimpiyachilari O'zbekistonga qarshi 2-turda, 27 iyul kuni Nant shahrida o'ynaydi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar