So’nggi yangiliklar

15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  1 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  1 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  8 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  6 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1

Oliy va Birinchi Liga hakam va nazoratchilari ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

Oliy va Birinchi Liga hakam va nazoratchilari ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tdi

11 mart, seshanba kuni O'FF anjumanlar zalida O'FF Oliy va Birinchi Liga hakam va nazoratchilari ishtirokidagi yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda 15 mart kuni start oladidan O'zbekiston CHempionati o'yinlariga tayinlangan hakam va nazoratchilarga yangi mavsum oldidan so'nggi ko'rsatmalar berildi hamda 2014 yilgi mavsum reglamenti taqdib etildi.

Yig'ilishni O'FF prezidenti Mirabror Usmonov yig'ilishni kirish so'zi bilan ochib berdi va yangi mavsum oldidan hakam va nazoratchilarga omad tiladi. Yangi mavsum oldidan barcha hakam va nazoratchilarga omad tilayman. Kelayotgan mavsumni yuqori saviyada o'tkazish uchun bor mahorat va istedodingizni ishga solasiz deb umid qilaman, - deydi Mirabror Usmonov.

Hukumatimiz sportga, ayniqsa futbolga katta etibor qaratmoqda. Buning samarasi o'laroq infratuzilmamiz rivojlanmoqda. Olmaliqda barpo etilgan yangi stadion, yana bir qator viloyatlarimizda yangi stadion va bazalar qurilayotgani shuning samarasidir, - deya o'z so'zini davom ettirdi O'FF prezidenti.

Hakam va nazoratchilarning malakasini oshirish uchun moddiy-manaviy bazamiz etarli. Hakam va nazoratchilar doimgidek, har mavsum oldidan o'zlari imtihonlardan o'tishdi. Ular orasidan eng yaxshilari saralab olindi. CHempionatimizning yuqori saviyada o'tishida hakam va nazoratchilarimizning xissasi juda katta. SHuning uchun sizlarga yangi mavsum arafasida yana bir bor omad tilayman, - deydi Usmonov.

O'FF hakam va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Noil Lutfullin hakam va nazoratchilar oldiga qo'yilgan talablar bu mavsumdan yanada oshganligini yig'ilish davomida takidlab o'tdi. SHuningdek, o'tgan yilgi mavsumda yo'l qo'yilgan xatolar bu yil takrorlanmasligi uchun hakamlar va nazoratchilar qatiyroq va o'z ishlariga etiborliroq bo'lishlari lozimligi aytildi.

Barcha xato qiladi. Ammo, bir qilingan xato qayta takrorlanmasligi kerak. Kamchilik va xatolar ustida ishlash kerak, - deydi Lutfullin.

O'FF hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i, shuningdek kelishilgan o'yinlar va totalizatorlarga qarshi qattiq kurash boshlanganini va bunday o'yinlarda ishtirok etganlar ayovsiz jazolanishini alohida qayd etib o'tdi.

Yig'ilish davomida shuningdek O'zPFL bosh direktori Farhod Magometov O'zbekiston Birinchiligi o'yinlari saviyasini ko'tarish uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida gapirib o'tdi. Unga ko'ra, Birinchi Liga o'yinlarini tashkil etish va o'tkazish tizimiga bir qator o'zgartirishlar kiritilgani takidlandi. Qolaversa, Birinchi Liga o'yinlarini boshqarib borayotgan hakam va nazoratchilar o'z vazifalarini vijdonan va sidqidildan ado etishlari kerakligi alohida talab qilindi.

Yig'ilish so'ngida hakam va nazoratchilarga yangi mavsum reglamenti va boshqa hujjatlar taqdim etildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика