So’nggi yangiliklar

07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   3 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  12 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  27 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  418 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  3 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  8 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9

Oliy liga-2014. "Paxtakor" Andijondan g'alaba bilan qaytmoqda Yangiliklar

Oliy liga-2014. "Paxtakor" Andijondan g'alaba bilan qaytmoqda

Oliy ligaga qaytgan "Andijon" klubi mavsumni o'z maydonida "Paxtakor" klubiga qarshi o'yin bilan boshladi.
Ushbu sahifa orqali o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

                                      YANGILASH

Uchrashuv boshlandi. 2-daqiqada Viktor Raskov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib gol ura olmadi. 4-daqiqada Davron Hoshimovning uzatgan to'piga hech kim eta olmadi. To'p asosan maydon markazida, ikkala tomon hujum qilishda davom etishmoqda. "Paxtakor" hujumga o'tishga urinmoqda. Sergeev yakka o'zi oldinda o'ynamoqda. 14-daqiqa Iskanderovning pasidan so'ng Andreev oldinga bordi, biroq to'pni himoyachilar olib qo'yishdi. Keyingi daqiqada Temur G'aniev ikki marta to'pni qaytardi. 17-daqiqada Iskanderovning pasidan so'ng Sergeev to'pni to'xtata olmadi. Viktor Raskov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

20-daqiqada Rasul Rahmonov zarba berdi, noaniq. 24-daqiqada Iskanderov jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 28-daqiqada Kasyan burchak to'pini amalga oshirdi, noaniq. 34-daqiqada Alisher Azizov va Boyan Miladinovich sariq kartochka olishdi. Birinchi bo'lim tugadi.

Ikkinchi bo'lim boshida Raskov o'rniga Bekzod G'oziev tushdi. "Paxtakor" to'pni nazorat qilmoqda. 58-daqiqa Andreevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini darvozabon to'pni qaytardi.

62-daqiqada Boyan Miladinovich burchakdan oshirib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi - 0:1. 70-daqiqada Bekzod G'oziev hujumni aniq yakunlay olmadi. 75-daqiqada Iskanderovning o'ng qanotdan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni G'aniev qaytardi.

O'yinning eng yaxshi futbolchilari deb Rasul Rahmonov va Boyan Miladinovich topilishdi. Uchrashuv yakunlandi "Andijon" mavsumni o'z maydonida "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat bilan boshladi.


Andijon (Andijon) – Paxtakor (Toshkent) 0:1
15 mart. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 16:00
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), V. Lushin (Guliston), V. Serazitdinov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Gol: Boyan Miladinovich 62

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Egor Krimec, Davron Hoshimov, Boyan Miladinovich, Aleksandr Merzlyakov, Akbar Ismatullaev (SHerzod Karimov, 60), Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak, Kaxi Maxaradze, Stanislav Andreev (Jaloliddin Masharipov, 79), Igor Sergeev (Temur Hakimov, 87).
Zaxira: Nikita Ribkin, Jamshid Boltaboev, Anvar Soliev, Abbos Maxsitaliev.

"Andijon": Temur G'aniev, Sergey Docenko, Asror Rahmonov, Temur Sultonov, Javlon Mirabdullaev, Bahrom Abdurahimov, Rasul Rahmonov, Aleksey Kasyan, Anvar Rajabov (Mirzakamol Kamolov, 77), Viktor Raskov (Bekzod G'oziev, 46), Alisher Azizov (Akmal Jo'raboev, 68).
Zaxira: Muhiddin Xudoyorov, Davron Tursunov, Rahim Qodirov, Ibrohim Otaxonov.

Ogohlantirishlar: Alisher Azizov, Boyan Miladinovich, Rasul Rahmonov, Bekzod G'oziev, Aleksandr Merzlyakov, Temur Hakimov.


Andijon shahridan Islombek Rustambekov va Komiljon Ikromov "championat.asia" uchun maxsus
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика