So’nggi yangiliklar

08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  0 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   4 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  14 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  31 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  419 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  5 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  9

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Buxoro” Yangiliklar

Oliy liga-2014. Ko'zguda – “Buxoro”

Ertaga navbatdagi milliy chempionatimiz start oladi.
Odatdagidek bu yil oliy ligada ishtirok etuvchi jamoalarga qisqacha to'xtalishda davom etamiz. Demak, ko'zguda – “Buxoro”.

O'TGAN YILGI O'RNI: 6
“Buxoro” o'tgan yil 6-o'rinni olgani bilan bu yil jamoaga oson bo'lmasa kerak. Yangi murabbiy, yangi o'yinchilar degandek. Lekin hammasini chempionat ko'rsatadi.

BOSH MURABBIY: Edgar Gess
Edgar Gess o'tgan mavsum yakuniga etganidan so'ng jamoani qabul qilib oldi. Tajribali murabbiy “Buxoro” bilan qanday natija ko'rsatishini yaxshisi vaqtning hukmiga havola qilamiz.

ENG YAXSHI XARID: SHukur Jumaboev
SHukur Jumaboevni hammadan ham Edgar Gess yaxshi biladi. CHunki murabbiy u bilan “SHo'rtan”da birga ishlagan. O'zining tezkor harakatlari bilan ajralib turadigan chap qanot futbolchisi tezda jamoa o'yiniga kirishib ketsa ajab emas.

ENG KATTA YO'QOTISH: Otabek Narzullaev
SHubhasiz, Otabek Narzullaev og'ir vaziyatlarda jamoa joniga oro kiradigan futbolchi edi. Kasbilik yarim himoyachi “Buxoro”ga ancha moslashib olgandi, biroq faoliyatini “Mashal”da davom ettirishga qaror qildi.

JAMOA ETAKCHISI: Suhrob Nematov
Suhrob Nematov yana “Buxoro”ga qaytdi. Qaytganda ham muxlislar uni etakchi sifatida qarshi olishdi. Nematov “Nasaf”dagi faoliyati mobaynida katta tajriba to'pladi va endi bemalol o'rtamiyona klubda etakchi bo'lish imkoniga ega.

O'ZINI KO'RSATISHI KUTILAYOTGAN FUTBOLCHI: Akobir To'raev
Akobir To'raevni hamma gapiryapti. 2013 yil yakunlariga ko'ra “Eng yaxshi yosh futbolchi” deb topilgani ham bejiz emas. To'g'ri, Akobir hali yosh, shunga qaramay, ko'pchilik undan bu mavsum “portlash”ni kutmoqda.

CHEMPIONATNI KIMGA QARSHI BOSHLAYDI: uyda “Neftchi”

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика