So’nggi yangiliklar

19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  7 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  11 18:11Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  16 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  5 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  9 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  65 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  4 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2

Oliy liga. 10-tur. "Neftchi" - "Dinamo" 1:0 Yangiliklar

Oliy liga. 10-tur. "Neftchi" - "Dinamo" 1:0

Oliy liganing 10-turida Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi.
Ushbu sahifa orqali o'yin natijasi va eng asosiy vaziyatlar bilan tanishib borish mumkin bo'ldi.

3-daqiqada Javohir Rasulov ikki raqibini aldab, to'pni Smolyachenkoga uzatdi. Pavelni raqib futbolchilari chalib yiqitdi. Keyingi daqiqada chap qanotda Jiyamurodovdan to'pni qabul qilib olgan Ponomarev darvoza sari zarba berdi. Biroq uning tepgan to'pi noaniq ketdi.

7-daqiqada Boboxonovning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pi xavfli ko'rinish oldi. Ammo Gvazava bundan unumli foydalana olmadi.

10-daqiqada "Neftchi" himoyachilari xatoga yo'l qo'ydi. Buni sal bo'lmasa SHixov gol bilan jazolashi mumkin edi. Otaqo'zievning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Ponomarev to'xtamasdan raqib darvozasi sari zarba yo'lladi. Biroq uning tepgan to'pi darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

15-daqiqada mezbonlar endi chap qanotdan hujum tashkil etdi. Nosir Otaqo'zievning jarima maydoni ichiga uzatgan to'pini Melnichuk ushlab olishga erishdi.

18-daqiqada Smolyachenko chap qanotdan raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

20-daqiqada Sanat SHixov chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatib berdi. Sayfievning bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq chiqdi.

Oniqa chamasi 25 metrlardan zarba berib Melnichukni xushyorligini sinab ko'rdi. Moldaviyalik futbolchining zarbasini "Dinamo" posboni qiyinchiliksiz ushlab oldi.

26-daqiqada "Dinamo" jarima maydoni ichida to'p uchun jiddiy kurash kechdi. Javohir Rasulovning bergan kuchli zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytdi.

Xavfli vaziyat! Smolyachenkoning chap qanotdan jarima maydoni ichiga uzatib bergan to'pini Otaqo'ziev kuchli zarbasi bilan raqib darvozasi tomon yo'lladi. Biroq to'pni Melnichuk qiyinchilik bilan oyog'ida qaytarib qolishga erishdi.

37-daqiqada Azamat Bobojonov raqiblarini aldab o'tib, jarima maydoni ichiga yorib kirdi va zarba yo'lladi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.

Ponomarevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Otaqo'ziev bosh bilan darvoza sari zarba yo'lladi. To'p esa ustun yonginasidan o'tib ketdi.

Birinchi bo'lim tugadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. CHap qanotdan Ponomarev jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning jarima maydoni ichiga etkazib bergan to'piga Ro'zimboy Ahmedov bosh bilan zarba berdi. Biroq to'p ustun oldidan o'tib ketdi.

48-daqiqada jarima to'pini Gvazava amalga oshirdi. Uning oshirib bergan to'pini Ahmedov bosh bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Biroq to'p ancha noaniq ketdi.

55-daqiqada Ro'zimboy Ahmedov to'p uchun kurashda raqibini yutib chiqdi va to'p Gvazavaga kelib tushdi. Levan jarima maydoni ichiga kirib zarba bermoqchi bo'ldi. Biroq unga Alisher Samatov qarshilik ko'rsatib, xavfni bartaraf etdi.

63-daqiqada Ro'zimboy Ahmedovga nisbatan jarima maydoni ichida Melnichuk qo'pollik ishlatdi. Hakam penalti belgiladi. Gvazavaning 11 metrdan bergan zarbasi to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

68-daqiqada SHixov jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning tepgan to'pini Hasanov qiyinchilik bilan ushlab olishga erishdi.

75-daqiqada SHixov o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. Uning zarbasini Boboxonov boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

87-daqiqada chap qanotdan oldinga yurish qilgan Gvazava to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Uni Ro'zimboy Ahmedov bosh bilan Mixaylov darvozasiga joylab qo'ydi va shu tariqa uchrashuvda hisobni ochishga erishdi!

Zayniddin Tojiev "Neftchi" jarima maydoni ichida to'pni SHotursunovga uzatdi. Farruxning zarba berishiga himoyachilar yo'l qo'ymadi.

O'yin tugadi. "Neftchi" o'z uyida muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi - 1:0.


17:30 - Neftchi (Farg'ona) – Dinamo (Samarqand) 1:0
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), A. Jo'raxonov (Andijon)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).

Gol: Ro'zim Ahmedov 87 (Levani Gvazava)
Amalga oshirilmagan penalti: Levani Gvazava 63 (noaniq)

"Neftchi": 21.G'ayrat Hasanov, 4.Jahongir Jiyamurodov (30.Otabek Zokirov, 75), 5.Iqbol Boboxonov, 7.Aleksandru Onika, 9.Pavel Smolyachenko, 11.Nosir Otaqo'ziev, 13.Aleksandr Kleckov, 14.Vyacheslav Ponomarev, 18.Javohir Rasulov, 32.Jahongir Mehmonov, 77.Levan Gvazava.
Zaxira: 16.Abdumavlon Abdujalilov, 15.Zohid Abdullaev, 20.Dilyor Irmatov, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 28.Abdulloh Olimov, 70.Izzat G'aniev.

"Dinamo": Andrey Melnichuk (1.Igor Mixaylov, 71), 4.Asror Aliqulov, 7.Sanat SHixov, 12.Iskandar Xolmirzaev (70.Farrux SHotursunov, 88), 16.Akmal Xolmurodov, 17.Abdulla Nabiev, 18.Sirojiddin Sayfiev (10.Zayniddin Tojiev, 66), 21.Azamat Bobojonov, 22.Alisher Samatov, 26.Komil SHarofutdinov, 55.Avaz Agaliev.
Zaxira: 3.Saddam Boymamatov, 6.Akmal Bozorov, 32.Jasur Azimov, 95.Firdavs Abdusalimov.

Ogohlantirishlar: Levani Gvazava 16, Iskandar Xolmirzaev 25
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика