So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Oleksandr Pishur: Hozirgi ko'rsatkichlarim bilan to'xtab qolmochqi emasman Yangiliklar

Oleksandr Pishur: Hozirgi ko'rsatkichlarim bilan to'xtab qolmochqi emasman

Kecha “Bunyodkor”ni finalga chiqishida Oleksandrning Pishurning “Lokomotiv” darvozasiga kiritgan ikki goli muhim ahamiyat kasb etdi.
Uchrashuvdan so'ng o'yin qahramonining fikrlari bilan qiziqdik:

- Oleksandr, g'alaba va final muborak! Uchrashuvdan qanday taassurotlar oldingiz?
- Asosiy raqibimiz maydonida g'alaba qozonib, finalga yo'llanma olaganimizdan xursandman. CHempionat doirasida o'tgan har ikkala uchrashuvda ham “Lokomotiv” darvozasini ishg'ol qilgandim. Kubokda kechgan birinchi o'yinda hisobimga gol yoza olmagandim. SHu boisdan ham javob uchrashuviga puxta xozirlik ko'rib, Bugalo darvozasiga yo'l topishga intildim. Omadim chopib, temiryo'lchilar darvozasiga ikkita to'p kiritdim. Harakatlarim “Bunyodkor”ga foyda keltirayotganidan juda-juda xursandman.

- Aynan qaysi jabhada raqibni dog'da qoldirdik, deb o'ylaysiz?
- Uchrashuv davomida mezbonlarni asosiy futbolchilarini yopa oldik. SHuningdek, juda tartibli o'yin namoyish qilib, bexuda to'p oshirishlar va ortiqcha yugurishlardan o'zimizni tiydik. 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan keyin esa yana kamida uch marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilishimiz mumkin edi.

- Hozircha “Bunyodkor” safida 20ta gol urishga erishdingiz. Bunga qanday erishyapsiz?
“Bunyodkor”da ko'p gol urayotganim birgina o'zimga bog'liq emas. Jamoamizda mohir ijrochilar bor. Ularning qo'llab-quvvatlashlari natijasida o'zimni juda erkin his qilyapman. Hozirgi ko'rsatkichlarim bilan to'xtab qolmoqchi emasman. Mavsum yakunigacha yana bir qancha o'yinlar bor. Ana shu uchrashuvlarda ham “Bunyodkor”ga foyda keltirmoqchiman.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика