So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  0 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Oleg Zoteev: "Ko'p yil legioner bo'lib o'ynashni xohlayman" Yangiliklar

Oleg Zoteev: "Ko'p yil legioner bo'lib o'ynashni xohlayman"

Bugun Oleg Zoteev Janubiy Koreyaning "CHonnam Dragons" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Besh yarim mavsumni "Lokomotiv"da o'tkazgan mohir himoyachi klub bilan iliq xayrlashib, Janubiy Koreyaga yo'l oldi va endilikda faoliyatini "CHonnam Dragons"da davom ettiradi.

Malumot uchun, ushbu klub Janubiy Koreya K-2 ligasida ishtirok etadi. Futbolchi yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagach, "Lokomotiv" PFK matbuot xizmatiga intervyu berdi. 


- Oleg, Janubiy Koreya varianti qanday yuzaga keldi? 

- Bu variantni agentim Raul topdi. U menga Janubiy Koreya klubidan qiziqish borligini aytgach, faoliyatimni xorijda davom ettirish istagi tug'ildi. Albatta, har bir futbolchi o'zini chetda sinab ko'rishni xohlaydi. Menda ham shunday imkoniyat yuzagani kelgani uchun foydalanishga qaror qildim. 


- Ikki haftalik karantindan so'ng shartnomaga imzo chekdingiz. SHartnoma muddati haqida malumot bersangiz? 

- SHartnoma bir yarim yilga mo'ljallangan. Imzo chekishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tdim va shundan so'ng klub bilan kelishuvga erishdim. 


- Yangi jamoa bilan tanishishga ulgurdingizmi? 

- SHartnoma imzolagach klub va jamoa bilan tanishdim. Yangi jamoam bilan bugun birinchi marta mashg'ulot o'tkazdim. Hammasi yaxshi o'tdi. Meni klub va murabbiylar yaxshi kutib olishdi. Bundan juda xursandman.


- 31 yoshda legionerga aylandingiz. Keyingi maqsadlar qanday?

- (Kulib) Yaxshi savol berdingiz. Nasib qilsa 5 iyul kuni 31 yoshga kiraman. Keyingi maqsadim yangi jamoa safida ham o'zimni ko'rsatish, muxlislar va murabbiylar ishonchini qozonish hamda ko'p yil legioner bo'lib o'ynash. 


- Qaysi raqamni oldingiz? 

- 33-raqam bo'sh ekan. SHu bois o'zim sevgan raqamni oldim. SHuni aytishim mumkin, 2013 yildan beri faqat 33-raqamda o'ynab kelyapman. 

 

- "Lokomotiv" muxlislariga tilaklaringiz?

- Avvalambor meni to'g'ri tushunib ketishimga qarshilik bildirmagan klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. "Lokomotiv"da ajoyib mavsumlarni o'tkazdim, klubda hamma yaxshi munosabatda bo'lib, bir oiladek bo'lib qolgandik. 

SHu o'rinda "Loko" muxlislariga alohida rahmat. Muxlislar jamoani tinmay qo'llab turishdi, o'z navbatida biz ham ular uchun yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildik. "Lokomotiv"da faoliyatimning eng yaxshi damlari o'tdi deb bemalol ayta olaman. Bizda doim ahil kollektiv bo'lgan, ko'plab unutilmas bahslarda elkama-elka harakat qildik. SHu bois barchaga rahmat deb qolaman va klubning keyingi faoliyatiga omad tilayman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика