So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Oleg Tyulkin: “Nasaf”dek jamoaga qarshi o'ynash oson emas” Yangiliklar

Oleg Tyulkin: “Nasaf”dek jamoaga qarshi o'ynash oson emas”

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
“Nasaf” – “Dinamo” (3:0) uchrashuvi yakunlangach tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “Dinamo” jamoasi ustozi Oleg TYULKIN ishtirok etdi va o'yin haqidagi quyidagi fikrlarini bildirdi.

-O'yin haqida nima deyishim mumkin? Ikki standart vaziyat va ikki gol bizni sarosimaga solib qo'ydi. Bu gollardan keyin o'zimizga kelishimiz og'irroq bo'ldi. Natijada uchinchi golni ham o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'lim oldidan yigitlarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Biroz o'yinimiz qovushdi. 

Alabatta,  “Nasaf”dek jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Ayniqsa birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborsang, juda og'ir bo'ladi.

“Nasaf”ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. CHiroyli g'alaba bo'ldi. O'z o'rnida bugungi uchrashuvimizga Samarqanddan kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga kattadan – katta tashakkurlarimizni bildiramiz.

Ikkinchi davradagi sust o'yinlarimizga asosiy sabab, bu tajribamiz kamligida bo'layapti. Ko'pgina futbolchilarimiz bu yil ilk marta oliy ligada ishtirok etishmoqda. Xatolarimiz ko'p bo'layapti. Oliy ligada esa  xatolar kechirilmaydi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика