Oleg Ivanov: "Fayzullaev – RPLning asosiy kashfiyoti"
16 dek 2023 17:13
Yangiliklar
Oleg Ivanov: "Fayzullaev – RPLning asosiy kashfiyoti"
Rossiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Oleg Ivanov CSKAning 20 yoshli yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevni RPL 2023/24 yilgi mavsum birinchi qismining asosiy kashfiyoti deb atadi.
"Braziliyalik Bitello – ajoyib xarid, u darhol unga sarflangan millionlarni oqlashni boshladi. Menga yangi kelganlardan Fayzullaev ham yoqdi. Qiziqarli bola. Jismoniy tomonlama hali kuchli emas, mushaklarini rivojlantirishi kerak. Ammo uning fikrlashi yaxshi, to'p bilan ajoyib ishlaydi va doimo xavfli vaziyatlar yaratadi. Aynan Fayzullaev – RPLning asosiy kashfiyoti", – dedi Ivanov.
Fayzullaev 2023/24 yilgi mavsum CSKA safida RPLda 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar