Okvara Godvin CHika: “Bugun gollarim bilan jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman”
21 noy 2021 17:10
Yangiliklar
Okvara Godvin CHika: “Bugun gollarim bilan jamoamga g'alaba keltirganimdan xursandman”
Godvin CHika ikki marotaba “Qizilqum” darvozasini ishg'ol qilgan holda jamoasiga qimmatli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdi.
“Bugun g'alaba qozonmasak bo'lmasdi. CHunki turnir jadvalidagi holatimizdan kelib chiqib, o'z maydonimizda g'alaba qozonishimiz lozim edi. Biz esa buni uddasidan chiqdik va muhim bo'lgan g'alabaga erishdik. O'yindan oldin bosh murabbiy menga ishonch bildirdi hamda meni maydonga tushirdi. Men esa gollarim orqali murabbiyning ishonchini oqlaganimdan xursandman.
Bugun ikkita gol urganimdan xursandman. Biroq men uchun gollar muhim emas. Asosiysi jamoamiz g'alaba qozonsa bo'ldi. Oxirgi o'yinlarda jarohat olganim tufayli jamoamga to'liq kuch bilan yordam bera olmayotgandim.
“Mashal” bilan shartnomam muddati ikki yilga mo'jallangan. Biroq kelgusida bu jamoada qolish-qolmasligimni bilmayman. Barchasiga mavsum yakuniga etganidan so'ng aniqlik kiritiladi”, - deya so'zini yakunladi Okvara Godvin CHika.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar