So’nggi yangiliklar

14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6

OKMK sport majmuasi maydoni kelasi mavsum to'liq yangilanadi Yangiliklar

OKMK sport majmuasi maydoni kelasi mavsum to'liq yangilanadi

AGMK klubi rahbariyati OKMK sport majmuasining maydonini yangilash bo'yicha tegishli mutaxassislar bilan ish olib bormoqda.

AGMK — «Nasaf» uchrashuvini teleekran orqali tomosha qilgan ko'plab tomoshabinlarda OKMK sport majmuasi maydoni holati yoqmagani, xususan chim sarg'ayib qolgani ko'plab etirozlarni uyg'otdi.

Klub rahbariyati futbolga ixtisoslashgan saytlardagi muxlislar fikrini o'qib, maydon holati haqidagi turli munosabatlarni to'g'ri qabul qildi. Rahbariyat asl holatni esa muxlislarga tushuntirishni lozim topdi.

Birinchidan, bugunoq kelasi mavsum uchun OKMK sport majmuasi maydonini to'liq yangilash borasida tegishli mutaxassislarni Olmaliqqa jalb qilib, muzokaralar o'tkazildi.

OKMK sport majmuasining hozirgi maydoni 2013 yilda yotqizilgan va hozirgacha O'zbekistondagi yagona gibrid maydon hisoblanadi. Bugunga kunga qadar ushbu maydon O'zbekistondagi eng yaxshi maydonlardan biri bo'lgan va jamoaga 9 mavsum optimal holatda xizmat qildi. AGMK jamoasi maydoni mavsum startidan toki kuzgi mavsumga qadar doim optimal holatda bo'lgan. Yani martdan sentyabrga qadar optimal sharoitdagi maydon chimi yam-yashil holatda bo'lgan. Biroq oxirgi mavsumda kuzgi faslga kelib Olmaliqdagi iqlim tasirida maydon chimi ajriq aralash sarg'ayib qolgan. Bu jihat esa albatta yangi mavsumda to'liq to'g'rilanishi ko'zda tutilgan. Lekin shuni aytish kerakki, garchi maydon chimi ranggi sarg'ayib qolgan bo'lsada, bu jihat maydon sifatiga putur etkazmagan. SHu paytga qadar hech bir jamoa vakillari yoki murabbiylar Olmaliqdagi maydon bo'yicha etiroz yoki shikoyat qilmagani ham bunga tasdiq bo'lib turibdi.

Kelasi mavsumdan etiboran maydon chimi butkul yangilanib, OKMK sport majmuasida yurtimizdagi yagona bo'lgan yana yangi gibrid maydon yotqiziladi.


OKMK sport majmuasi maydonining may oyidagi holati



OKMK sport majmuasi maydonining avgust oyidagi holati


OKMK sport majmuasi maydonining sentyabr oyidagi holati

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика