OKMK safida albaniyalik legioner ko'rikdan o'tmoqda
18 iyu 2024 08:50
Yangiliklar
OKMK safida albaniyalik legioner ko'rikdan o'tmoqda
Ayni kunlarda olmaliqliklar Belarusda o'quv-yig'in mashg'ulotini olib bormoqda.
Kecha Mirjalol Qosimov shogirdlari Tojikistonning «Istiqlol» klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 6:0 hisobida g'alaba qozondi. OKMK safida gollarning ikkitasiga albaniyalik hujumchi Kleydi Daci mualliflik qilgan.
Futbolchi ayni vaqtda Olmaliq jamoasida ko'rikdan o'tmoqda. Albaniyalik hujumchi 1999 yilda tug'ilgan. Uning so'nggi jamoasi Albaniyaning «Teuta» bo'lgan. Hujumchi o'tgan mavsum Albaniya Superligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar