So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

OKMK - "Paxtakor" o'yinida penalti belgilanishi kerakmidi? Superliganing 2-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

OKMK - "Paxtakor" o'yinida penalti belgilanishi kerakmidi? Superliganing 2-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Ekspertimiz eng munozarali holatlarni tahlil qildi.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha mutaxassisi, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref" Telegram kanali) Superliganing 2-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.


 "Buxoro" - "Qizilqum"

VIDEO

Mening fikrimcha, bu "chegaradosh" vaziyatda eng oson echim - maydon markazida qoidabuzarlikni qayd etish edi. Agar hakam hushtak chalganida, bu epizodni hamma darhol unutib yuborgan bo'lardi. Biroq buning o'rniga, tezda qarshi hujum boshlandi va natijada "Buxoro" gol urdi.

Qo'shimcha rakurslar etarli bo'lmagani uchun qoidabuzarlik 100% sodir bo'lganini takidlay olmayman. Ammo "Buxoro" futbolchisining raqib o'yinchisi bilan yakkama-yakka kurashda qo'llarini ishga solgani ko'rinib turibdi.

 

"Sho'rtan" - "Bunyodkor"

VIDEO

Vaziyatga VAR aralashishi orqali "Sho'rtan" darvozasiga penalti belgilash qarorini qo'llab-quvvatlayman. Stop-kadrda "Sho'rtan" himoyachisi to'pni o'ziga to'g'rilab olgan "Bunyodkor" o'yinchisining oyog'iga tekkani ko'rinib turibdi. "Sho'rtan" himoyachisi to'pga tegishga ulgurmay, ehtiyotsizlik oqibatida qoidabuzarlikka yo'l qo'ydi. Bu holatda sariq kartochka ko'rsatish shart emas, chunki raqibga zarba darajasi unchalik kuchli bo'lmagan.

 

✅❓ "Surxon" - "Xorazm"

VIDEO

Penalti to'g'ri belgilandi. Ammo "Surxon" o'yinchisiga qanday kartochka ko'rsatish haqidagi qarorni "chegaraviy" deyish mumkin, ogohlantirish va maydondan chetlatish o'rtasidagi qoidabuzarlik sodir etilgan. "Surxon" himoyachisi, shubhasiz, raqibining oyoqlarini "chirmab tashlagan", "Xorazm" futbolchisi esa birinchi yoki ikkinchi teginishda gol urish imkoniyatiga ega edi.

 

"So'g'diyona" - "Navbahor"

VIDEO

Mazkur hodisa "Buxoro" - "Qizilqum" o'yinidagi holatga o'xshaydi. Bu vaziyatda ham maydon markazida to'qnashuv sodir bo'lgan, biroq bunda "gavdaga qarshi gavda" kurashi, raqibni "surib chiqarish" holati mavjud. To'p deyarli kurashayotgan ikkala o'yinchi o'rtasidagi masofada joylashgan. Hakamning o'yinni davom ettirish haqidagi qarorini maqullayman.

 

✅❓ "So'g'diyona" - "Navbahor"

VIDEO

Hakamga VAR ko'rishi paytida ko'rsatilgan takrorlarga qarab, urg'u qo'l bilan o'ynashga yoki qo'lning tabiiy holatda bo'lganligiga qaratilgan. Natijada, hakam "Navbahor" o'yinchisiga istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun sariq kartochka ko'rsatdi.

Menimcha, bu holatda VARning aralashuviga doir qaror juda shubhali ko'rinadi. Agar hakam "So'g'diyona" gol urishi mumkin bo'lgan yaqqol imkoniyatni yo'qqa chiqargani uchun "Navbahor" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatganida, VAR bu holatga aralashishi mumkin edi. Aksincha, agar hakam sariq kartochka ko'rsatganida va video yordamchilar buni gol urish imkoniyatini yo'qqa chiqarish va qizil kartochka berilishi kerak deb hisoblaganida, ular qo'l bilan o'ynash aniqlanadigan yaqin rakursdan emas, balki umumiy takrorlarni ko'rsatgan bo'lardi.

Hatto hakamga ko'rsatilgan o'sha takroriy vaziyat ham o'yinchining qo'l bilan o'ynaganligini 100% isbotlamaydi. Agar shunday bo'lgan deb faraz qilsak, bu istiqbolli hujumni to'xtatgani uchun ko'rsatiladigan sariq kartochka hisoblanadi.

 

"So'g'diyona" - "Navbahor"

VIDEO

Mazkur vaziyatda ofsayd chiziqlarini chizishning hojati ham yo'q - epizod "ortig'i bilan" malum. "Navbahor" hujumchisi to'g'ri poziciyadan yugurib chiqdi, gol o'rinli hisoblanganiga shubha yo'q.

 

OKMK – "Paxtakor"

VIDEO

Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi, biroq VAR yana bir bor noto'g'ri ravishda vaziyatga aralashdi. OKMK himoyachisi oyog'ini maysaga qo'ygan edi, natijada "Paxtakor" hujumchisi to'p nazoratini yo'qotgach, inerciya tufayli uning oyog'iga qoqilib ketdi. Bu mutlaqo o'yin jarayoniga xos epizod edi.


Shu tariqa, Superliganing 2-tur uchrashuvlarida hakamlar birorta qo'pol xatoga yo'l qo'yishmadi. Biroq ekspertimiz fikricha, bir nechta qarorlar savollar tug'dirmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика