So’nggi yangiliklar

13:28Эрон клублари ОКМК етакчисига қизиқмоқда  0 13:00Расул Йўлдошев: "Жамоамиз тушкун кайфиятга тушганди, буни енгиш учун ғалаба зарур эди"  0 12:46"Қўқон-1912" "Сурхон" устидан ишончли ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 12:22Ришарлисон Роналдонинг юзи туширилган суратни жойлаштирди — энди у "Олтин тўп"ни мақсад қилган  1 11:54Диогу Жотанинг беваси ва ота-онаси "Вулверхэмптон" ўйинида бўлди. Мухлислар марҳум футболчини ёд олди  4 11:30Мухлислар Уэйн Рунини танқид қилди: "Ажойиб футболчи, аммо ёмон эксперт"  2 10:52"Брентфорд" ўз тарихидаги рекорд қийматли трансферни эълон қилди  0 10:25Sofascore. Мозговой БАА Пролигасидаги дебютидаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 10:23Илёс Зейтуллаев: "Жамоам ғалабага муносиб эди"  3 09:59Виктор Карпенко: "Бунёдкор" хатоларни кечирмаслигини ўйиндан аввал ҳам айтган эдим. Амалда шундай бўлди"  2 09:53Артета: "Олд Траффорд"да ғалаба қозонишимиз муҳим эди"  2 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  1 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  5 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  13 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  11

OK-2015. FINAL. Janubiy Koreya - Avstraliya. Prevyu Yangiliklar

OK-2015. FINAL. Janubiy Koreya - Avstraliya. Prevyu

Osiyo Kubogi finalida musobaqa mezboni Avstraliya va ikki karra qita chempioni Janubiy Koreya to'qnash kelishadi.
Avstraliya guruhda Quvayt (4:1) va Ummonni (4:0) mag'lub etdi, Janubiy Koreyaga (0:1) yutqazib qo'yib ikkinchi o'rinni egalladi. CHorak finalda mezbonlar Xitoy darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi. Yarim finalda "sokkeruzlar" BAAni 2:0 hisobida taslim qilishdi.

Janubiy Koreya esa guruhda Ummon (1:0), Quvayt (1:0) va Avstraliyani (1:0) taslim qilib birinchi bo'lgandi. CHorak finalda koreyslar O'zbekiston termasini qo'shimcha vaqtlarda 2:0 hisobida mag'lub etishganini barcha biladi. Yarim finalda Uli SHtilike shogirdlari Iroqni ham 2:0 hisobida taslim qilishdi.

Avstraliya o'z tarixida uchinchi bor qita chempionati final bosqichida qatnashmoqda. Jamoaning musobaqadagi eng yaxshi natijasi 2011 yil qayd etilgan. Qatarda "sokkeruzlar" finalda ishtirok etishgandi.

Janubiy Koreya uchun bu yilgi musobaqa 9-Osiyo Kubogi hisoblanadi. Ushbu jamoa 1996 yil o'z uyida tashkil etgan qita chempionatida finalga qadar etib borgan.

Bu ikki jamoa o'zaro 26 marta to'qnash kelgan. 7 bor koreyslar, 9 bor Avstraliya 9 bor g'alabaga erishgan. 10 marta durang qayd etilgan.

Ushbu jamoalar Osiyo Kubogi doirasida ikki bor to'qnash kelishgan. 2011 yil guruh bosqichi doirasidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. 2015 yil musobaqaning guruh bosqichida ham bu jamoalar yana to'qnash kelishgan. Bu safar koreyslar zafar quchishgan - 1:0.

Final
Janubiy Koreya - Avstraliya
31 yanvar 2015. Sidney. 14:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Alirizo Fag'oni (Eron)
Qanot hakamlari: Rizo Suhandon (Eron), Muhammad Rizo Abdulfazli (Eron)
Zaxira hakami: Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика