So’nggi yangiliklar

11:59Суперлига. "Навбаҳор" тўртинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0 11:37U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди  0 11:14"Насаф" янги легионери Шала "Андижон" билан ўйинда қатнашиши мумкин  4 10:50"Челси" яна бир футболчисини сотиб юборди  0 10:19Дарвин Нуньеснинг "Ал Ҳилол"даги маоши маълум  1 09:48"Челси" Жексонга нарх белгилади  5 09:17Пролига ҳам қайтмоқда. 11-турнинг расмийлари маълум  0 08:46Opta АПЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини эълон қилди  4 08:15Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  8 07:41Месси майдонга тушманган баҳсда Суарес бош қаҳрамонга айланди  4 07:15Суперлига. "Динамо" сафарда камбэк амалга оширди, "Навбаҳор" эса ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  0 00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  1 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  4 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  4 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0

OFK onlayn konferenciya o'tkazdi. Unda OCHL taqdiri ko'rib chiqildi Yangiliklar

OFK onlayn konferenciya o'tkazdi. Unda OCHL taqdiri ko'rib chiqildi

OFK Osiyo chempionlar ligasining keyingi o'yinlariga bag'ishlab onlayn konferenciya tashkil etdi.

Bunda asosan Osiyo chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvlarini qay tarzda o'tkazish masalasi ko'rib chiqildi. Ushbu konferenciyada SHarq mintaqasidan Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand va G'arb mintaqasidan Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, O'zbekiston klublari vakillari ishtirok etishdi.

OFK birinchi navbatda Osiyo chempionlar ligasini imkon qadar tezroq davom ettirishni maqsad qilgan. Eng muhimi, musobaqani dekabr oyigacha tugatib olish. CHunki dekabrda Qatarda klublar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkaziladi, ungacha esa OFK OCHL g'olibini aniqlab olishi lozim bo'ladi. Buyog'iga yana 99ta o'yin qolgan va koronavirus pandemiyasi sabab o'yinlarni o'tkazish oson bo'lmaydi.

OFK musobaqalar qo'mitasi bugungi uchrashuvda klublarga OCHL qachon va qanday tartibda davom etishini keyinroq malum qilishini aytdi. Katta ehtimol bilan markazlashgan holda uchrashuvlarni o'tkazish varianti ilgari surilyapti. SHuningdek, qo'mita vakillari kecha OFK Kubogining G'arb mintaqasi ishtirokchilari bilan ham muloqot tashkil etishdi. Endilikda Janub, Markaziy, ASEAN va SHarq vakillari bilan shunday uchrashuv o'tkazish ko'zda tutilmoqda.

Albatta, OFK faqat klublar o'rtasidagi ikkita katta musobaqani qanday tugatib qo'yish bilan ovora bo'lib qolayotgani yo'q. Tashkilot oldida shuningdek, JCH-2022 saralash bosqchini qay tarzda davom ettirish hamda futzal bo'yicha Osiyo chempionati, U-19, U-16 Osiyo chempionatlarini bexavotir o'tkazib olish vazifasi ham turibdi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика