So’nggi yangiliklar

22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  1 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  1 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  51 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  4 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  33 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  16 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  20 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  3 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  5

OFK Kubogi sohibi Artyom Filiposyanni tabriklaymiz! Yangiliklar

OFK Kubogi sohibi Artyom Filiposyanni tabriklaymiz!

Bugungi sanada tavallud topgan futbol ahlini unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Bugun yurtimiz jamoalaridan tashqari Xitoy, Tailand klublarida muvaffaqiyatli to'p tepgan, "Prachuap" safida kubok sohibiga aylangan tajribali himoyachi Artyom Filiposyan 32 yoshga to'ldi. 1988 yilning 6 yanvar kuni Samarqand shahrida dunyoga kelgan Artyom faoliyati davomida "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Dinamo" (Samarqand), "Buxoro", "Lyaonin Xuvin" (Xitoy), "Prachuap" (Tailand) klublarini sharafini himoya qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida 13 ta o'yinda maydonga tushgan. 

Bugungi qahramonimiz 2011 yilda "Nasaf" bilan birga OFK Kubogini qo'lga kiritgan. Uch mavsum davomida "ajdarlar" safida o'ynagan Artyom chempionat kumush va bronza medallariga ega chiqqan. "Bunyodkor" safida esa O'zbekiston chempioni, ikki bor kubok hamda Superkubok egasiga aylangan. 

Filiposyan 2014 yilning fevral oyida Xitoyning "Lyaonin Xuvin" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ammo, CHin yurtida uzoq vaqt ushlanib qolmadi. Futbolchi yana O'zbekistonga qaytib, "Lokomotiv" safiga kelib qo'shiladi. Himoyachi o'tgan mavsumni "Prachuap" klubida o'tkazdi va jamoasi bilan birga Tailand kubogini qo'lga kiritdi. Bu klub Tailand oliy ligasi debyutanti bo'lishiga qaramay, finalga qadar etib bordi. Bosh sovrin uchun bahsda mamlakat futboli bayroqdori "Buriram Yunayted"ni penaltilar seriyasiga ko'ra taslim eta oldi.           

- Samarqandda futbolni yaxshi ko'rishadi. Ona shahrimdan Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Dilshod SHarofutdinov, Bahodir Nasimov, Anvar G'ofurov, Ilhom SHaripov singari taniqli futbolchilar etishib chiqqan. Niyat qilamanki, vaqti kelib “Dinamo” avvalgi shonini tiklab oladi. Balki, murabbiylik faoliyatimni boshlaganda bolalar bilan ishlarman. Samarqandda istedodlar ko'p, faqat ularni kashf qilish kerak. O'zim ham Samarqanddagi futbol internatini tugatganman. Tez-tez qo'ng'iroq qilib turishadi, yosh bolalar mendan dastxat so'rashadi va rasmga tushishadi. Mahalliy bolalar uchun qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman, - deydi Filiposyan.   


Fursatdan foydalanib, saytimiz ijodiy guruhi va o'quvchilari nomidan Artyom Filiposyanni tug'ilgan kuni bilan tabriklaymiz. Unga sihat-salomatlik, uzoq umr tilaymiz.   

BIZNING MA'LUMOT:

To'liq ismi: Artyom Filiposyan

Ampluasi: Himoyachi

Tug'ilgan sanasi: 06.01.1988

Fuqaroligi: O'zbekiston

Tug'ilgan joyi: Samarqand shahri

Bo'yi: 188 sm

Vazni: 78 kg

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика