OFK Krishtianu Ronalduni jarimaga tortdi
28 iyu 2024 21:21
Yangiliklar
OFK Krishtianu Ronalduni jarimaga tortdi
OFK "Al Nassr" klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduni jarimaga tortdi. Gap shundaki, Ronaldu OCHL chorak finalidan o'rin olgan "Al Nassr" – "Al Ayn" o'yinidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida musobaqaning rasmiy homiysi bo'lmagan brendni reklama qilgan. OCHL tartib-intizom qo'mitasi Krishtianu Ronalduni 15 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi. Bundan tashqari, Ronaldu turnir qoidalariga amal qilishini taminlay olmagani uchun "Al Nassr" klubi ham 7500 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.
SHu yilning 11 mart kuni o'tkazilgan "Al Nassr" – "Al Ayn" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaniga etibor qaratilsa, Ronaldu nega jarimaga tortilgani deyarli aniq bo'ladi.
Krishtianu o'sha matbuot anjumanida o'zi bilan birga "Ursu" nomli suvni olib kirgan. "Ursu" Krishtianuga tegishli ichimlik suvi brendi hisoblanadi. Ronaldu ushbu suvni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida faol tarzda reklama qilib keladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar