So’nggi yangiliklar

23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4

O'FFda klublar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi Yangiliklar

O'FFda klublar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  O'FF
O'FFda klublar rahbarlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildiO'zbekiston Futbol Federaciyasining majlislar zalida federaciya va PFL rahbariyati hamda milliy chempionatimizda ishtirok etuvchi klub rahbarlari ishtirokida majlis bo'lib o'tdi.

Kun tartibidagi masalalar qatoridan 2018 yil Superliga va Pro-ligada ishtirok etadigan klublar oldiga qo'yiladigan talablarning qay tarzda bajarilayotgani, kelasi mavsumdan boshlab Superliga va Pro-liga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati nazorat qilib borilishi kabi masalalar o'rin oldi.
Yig'ilishda so'zga chiqqan O'zbekiston Futbol Federaciyasi vice-prezidenti SHoakrom Isroilov milliy chempionatni kuchaytirish va o'zbek futboli saviyasini yanada oshirish maqsadida Superligada ishtirok etadigan klublar futbolchilarining jismoniy tayyorgarlik holatiga nisbatan ham alohida talablar belgilab, mazkur talablarni bajarilishi bo'yicha 2-bosqichda monitoring ishlari amalga oshirilishi haqida xabar berdi.

Birinchi bosqichda maxsus test sinovlari orqali futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik holati o'rganilsa, ikkinchi bosqich mavsum boshlanishidan avval o'tkazilib, ushbu bosqichda futbolchilarning belgilangan normativlarni bajara olish yoki olmasligi ko'rib chiqiladi. Belgilangan normativlarni bajara olmagan klub futbolchilari 2018 yil mavsumida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

SHundan so'ng, PFL bosh direktori Omon G'ofurov so'z olib, milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar murabbiylari va xodimlarining malakasini oshirish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini aytib o'tdi.

Jumladan, shu yilning 20-21 dekabr kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida joylashgan “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan klublar shifokorlari uchun seminar tashkil etiladi. 2018 yilning yanvar oyida esamilliy chempionatimizda ishtiroketayotgan klublar murabbiylari Janubiy Koreyaning Key-ligasida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.


SHuningdek, futboli rivojlangan Evropa davlatlarida ham klublar murabbiylari va xodimlari uchun mana shunday seminarlar tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani haqida qo'shimcha qildi. Bu chora-tadbirlardan ko'zlangan maqsad milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, o'zbek futbolini yuqori bosqichga olib chiqish ekani alohida takidlandi.

Majlis so'ngida milliy chempionatimizda ishtirok etadigan klublar PFL tomonidan qo'yilgan talablarni o'z vaqtida bajaralishini taminlash zarurligi, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida PFLga hisobot berib turilishi kerakligi yana bir bor takidlandi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика