So’nggi yangiliklar

19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  2 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  14 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  35

O'FFda fan-klublar azolari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

O'FFda fan-klublar azolari o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi

O'zbekiston Futbol Federaciyasida Toshkent shahri jamoalari – “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” fan-klublari faollari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda futbol uchrashuvlarida davomida muxlislarning o'zini tutish madaniyati, raqib jamoa futbolchilari va muxlislariga o'zaro hurmatda bo'lish, uchrashuv davomida qayd etilayotgan natijadan qatiy nazar futbolchilarni o'yin oxiriga qadar qo'llab-quvvatlash, uchrashuvni boshqarib borayotgan hakamlar shaniga noloyiq gap-so'zlarni yo'llmaslik, stadionga kirish va chiqish davomida, uchrashuv paytida tartibni saqlash, tozalik va ozodalikka rioya qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

SHuningdek, 4 dekabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogi finalidan o'rin olgan “Bunyodkor” va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi o'yinda haqiqiy o'zbek futboli muxlislarining madaniyatini ko'rsatish kerakligi, stadionda ajoyib muhit yaratgan holda o'z sevimli jamoa azolarini uchrashuv oxiriga qadar faol ravishda qo'llab-quvvatlash zarurligi tilga olib o'tildi.

Bundan tashqari, milliy chempionat bahslari davomida qaysi jamoa muxlislari tartibsizlikka yo'l qo'yib, stadionda o'zlarini noloyiq tarzda tutadigan bo'lishsa, o'sha jamoa O'zbekiston Professional Futbol ligasi tomonidan qatiy tarzda jazolanishi, keyingi uchrashuvlarni muxlislarsiz o'tkazishi, bu borada klublarga qo'yiladigan jarimalar miqdori oshirilgani fan-klub azolariga etkazildi.

Qayd etish kerakki, bu kabi fan-klub azolari o'rtasidagi yig'ilishlar viloyatlarda ham o'tkazilib, joylarda muxlislar bilan  ham faol tarzda ish olib boriladi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика