So’nggi yangiliklar

19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  0 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3

O'FF tomonidan o'tkazilayotgan “Kelajak umidlari” tadbiri davom etmoqda Yangiliklar

O'FF tomonidan o'tkazilayotgan “Kelajak umidlari” tadbiri davom etmoqda

Teglar :  O'FF
Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, joylarda bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Toshkent shahridagi har bir tumanda joylashgan maktab va maktabgacha talim muassasalarida hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash internatlaridagi tarbiyalanuvchilarni yangi yil bilan tabriklash va ularga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'alarini topshirish maqsadida, joriy yilning 25 dekabridan boshlab “Kelajak umidlari” tadbiri boshlangani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Mazkur tadbirda maktabgacha talim muassasalarining tarbiyalanuvchilari hamda maktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida futbol va turli sport musobaqalari o'tkazilyapti. Kelajagimiz umidlari bo'lgan bolalarga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi sifatida to'plar va sport formalari, shuningdek, Faxriy yorliqlar topshirilmoqda.

Bugun bunday tadbirlar Toshkent shahridagi quyidagi maktabgacha talim muassasalarida o'tkazilmoqda:

Yakkasaroy tumanidagi 249 va 300-MTM;
SHayxontohur tumanidagi 171, 197 va 588-MTM;
Yashnabod tumanidagi 149, 557 va 558-MTM
Yunusobod tumanidagi 301, 307, 206 va 191-MTM
Sergeli tumanidagi 566 va 599- MTM

Peshindan keyin tumanlardagi maktablarda ham bunday tadbirlar davom ettiriladi. Tadbirda O'zbekiston futbol federaciyasi masullari, "Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor" klublarining taniqli futbolchilar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Bu loyiha yil davomida butun respublika bo'ylab davom etadi. Respublikamizdagi talim muassasalarida tahsil olayotgan yosh bolakaylar muntazam ravishda mana shunday musobaqalarga jalb qilinib, rag'batlantirilib boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика