O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochildi
15 sen 2017 18:13
Yangiliklar
O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochildi
O'zbekistondagi futbol muxlislari bilan jonli muloqotda bo'lish, mamlakatning istalgan chekkasidagi fuqarolar bilan muloqot ko'prigini yaratish maqsadida O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning virtual qabulxonasi ochilganligi haqida elon qiladi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidentining qabulxonasiga www.president.the-uff.com manzili orqali istalgan mutasaddiga istalgan mavzuda murojaat qilish mumkin bo'ladi. Murojaatlar elektron ko'rinishda virtual qabulxona orqali yoki prezidentning president@the-uff.com elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin.
Murojaatning maqomini (javob berilgan-berilmaganini) sayt orqali tekshirish mumkin bo'ladi.
Virtual qabulxona orqali O'FF prezidentiga murojaat qilish uchun elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.
Ushbu qabulxonaning ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko'rib chiqishni yanada takomillashtirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ko'riladi.
Fikrlar