So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

O'FA "Surxon" texnik direktori va jamoa sardorini yil oxirigacha futboldan chetlatdi Yangiliklar

O'FA "Surxon" texnik direktori va jamoa sardorini yil oxirigacha futboldan chetlatdi

O'FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Ilhom Mo'minjonovning faoliyatiga qonuniy baho berish maqsadida u bilan birga faoliyat olib borgan futbolchilar va rasmiy shaxslar suhbatga chaqirildi hamda ular bilan suhbatlar o'tkazildi.

O'FA Etika qo'mitasi taqdim qilingan hujjat va dallilarni o'rganib chiqib, bugun 1 aprel kuni O'FA binosida yakuniy yig'ilishini o'tkazdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan O'FAning Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ishga oid taqdim etilgan malumotlardan hamda Intizom va odob-axloq (etika) qo'mitasining bildirgan fikr va mulohazalaridan kelib chiqib, yig'ilish qaror qildi:

- “Surxon” PFK texnik direktori SHaripov SHerzod qo'mitaga va O'FAning rasmiy vakillariga surishtiruv jarayonida yolg'on ko'rsatma berganligi va qo'mitani vaziyat yuzasidan qaror chiqarishda chalkashtirishga harakat qilgani uchun 2019 yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.

- “Surxon” PFK jamoasi sardori Jabborov Dilshod “Navbahor lochinlari” PFKning sobiq bosh murabbiysi Mo'minjonov Ilhomga 2017 yil mavsumida kelishilgan o'yinlarni tashkil qilishga yordam berganligi va futbolchilarni o'yinni sotishga undagani, shuningdek, qo'mitaning yozma va og'zaki so'rovlariga etibor bermay uzrli sababsiz qo'mita yig'ilishlariga kelmaganligi uchun O'FA intizom kodeksining 5.52. bandiga asosan 2019 yil futbol mavsumi oxiriga qadar futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilsin.


Ilhom Mo'minjonov “Navbahor”ning bir qator futbolchilarini o'yinni sotishga undagani uchun 50 million so'm jarimaga tortildi hamda 5 yilga futboldan chetlatildi        

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика